Transport muammolarini bartaraf etish. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarni bozoriga chiqarish.

Shuxratbek, Ijtimoiy Tadbirkorlik Maktabining eng tashabbuskor talabalaridan bo’lib, bitiruvchilar orasida g’oyalar generatori degan norasmiy unvoniga ega. Shuxratbek jamiyatda mavjud ijtimoiy muammolarni yangi, innovatsion biznes g’oyalar bilan yechishga katta qiziqish bilan qaraydi va ko’plar g’oyalarini amalga oshirish uchun rejalar tuzgan. Hozirgi kunda, Shuxratbekning ikkita asosiy ish g’oyalari mavjud.

1. Dovezu.uz – transport bilan bog’liq mulammolarni bartaraf etish va yo’lovchilarni o’z manzillariga tez va osonlik bilan yetib borishini ta’minlashga qaratilgan.

2. www.som.uz – ushbu g’oya O’zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni ishki va tashqi bozordagi savdosini yo’lga qo’yish va aholini sifatli va qimmat bo’lmagan mahsulotlar bilan ta’minlashdir.

Shuxratbek, hozirgi kunda marketing sohasi bo’yicha tajribaga ega bo’lgan va bozorni tahlil qilishda yordam bera oladigan mentor bilan hamkorlik qilishga qiziqadi.

Shuxrat Agzamov