Fevral 10, 2015 • Ijtimoiy Tadbirkorlik
2015 yil, 26-yanvardan 31-yanvarga qadar davom etgan “Biz jamoat joylarida chekishga qarshimiz!” nomli onlayn aksiyaning maqsadi aholining passiv chekish haqida bilimini oshirish, jamoat joylarida chekishni taqiqlovchi O‘zbekiston qonunlari bilan tanishtirish va jamoat joylarida chekmaslik bo‘yicha madaniyatni shakllantirish edi. O‘tkazilgan aksiyaning muhimligi shundaki, u faol yoshlarning tashabbuslarini ro‘yobga chiqardi; Facebookdagi o‘zbek foydalanuvchilarining jamoat joylarida chekishning zararlari haqidagi bilimini oshirdi; va eng muhimi, yoshlarni ijtimoiy muammolarga befarq qarab turmasdan, qo‘llaridan kelgancha uni bartaraf qilishga chorlab, fikrlash uchun maydon yaratib berdi.
Ko'proq ma'lumot uchun about Biz jamoat joylarida chekishga qarshimiz