Bola parvarishi bilan band bo’lgan ayollar uchun professional kurslar

Maqsad: dekretdagi onalarning jamiyatda faol ishtirokchi bo’lishiga yordam berish

Loyiha haqida qisqa ma’lumot: Odatda, farzand tug’ilganidan keyin, ayollar uy yumushalari, farzand parvarishiga sho’ng’ib ketadilar, natijada oliygohlarda to’plagan qancha bilimlariyu, o’rgangan chet tillari unutilishi, hamda ko’p xollarda ayollarning jamiyatdan uzilishlari kuzatiladi. Buni oldini olish uchun, shuningdek, ayollarning dekret davomida o’z ustilarida ishlashni davom ettirishlari, yangi kasb egallashlari hamda keyinchalik dekretdan so’ng ishga joylashishlariga qiynalmasliklari uchun maxsus ayollar klubi tashkil qilinadi. Kurs darslari doimiy hamda bir martalik masterklasslardan tashkil qilinib, masterklasslar – uy byudjetini samarali yuritish, biznes kurslar, taym menejement, munosabatlar psihologiyasi kabi sohalar hamda juda ko’p boshqa foydali mavzularda bo’ladi. Uzoq muddatli darslarga esa – buxgalteriya, tikuvchilik, pazandalik, chet tillari va kompyuter programmalari kiradi.

Diyora Karimova