Ijtimoiy Tadbirkorlik va Loyihalarni Boshqarish II
Ko'proq ma'lumot uchun about Ijtimoiy Tadbirkorlik va Loyihalarni Boshqarish II
Samarali yetakchini boshqa boshliqlardan farqlaydigan xislati bu uning jamoasi va atrofdagilar bilan muloqot qilish qobiliyatiga bog’liqdir. Ushbu trening ishtirokchilarga turli nazariy va amaliy, hayotiy hamda madaniyatimizga xos tajribalarga asoslanib tayyorlangan intensiv o’quv dasturini taklif etadi.
Ko'proq ma'lumot uchun about Samarali muloqot va jamoada ishlash
Ushbu trening dunyoning eng muvaffaqiyatli biznes namunalari va yetakchilarning tajribalariga asoslangan holda ishtirokchilarga ijtimoiy korxonani boshqarish va marketingni yo’lga qo’yish borasida eng dolzabr ko’nikmalarni taklif etadi. Ijtimoiy tadbirkorlikka marketingning ahamiyati va bugungi kunda qanday usullardan foydalanish tavsiya qilinadi? Trening ma’lumoti bilan tanishing.
Nogironlar huquqlari to’grisidagi jonli vebinar orqali ishtirokchilar jamiyatimizning dolzarb masalalaridan biri – imkoniyati cheklangan shaxslar va ularning O’zbekistondagi sharoitlari bilan tanishishdi.
Vebinar davomida ishtirokchilar migratsia sabablari, hamda uning madaniyatimizga, iqtisodiyotimizga va jamiyatimiz umumiy rivojiga ijobiy va salbiy taraflari haqida ma’lumot oldilar.
Ko'proq ma'lumot uchun about Inson huquqlari doirasida migratsia masalalari
“G’oyadan amalga oshirishga qadar” deb nomlangan to’rt kunlik intensiv trening xalqaro mutaxassis Alexander Liampert tomonidan O’zbekiston sharoitiga moslashtirilgan taqdimotlar va guruhlarda ishlash uslubida olib borildi.
Ko'proq ma'lumot uchun about Ijtimoiy Loyihalar: g’oyadan amalga oshirishga qadar
Ushbu trening ijtimoiy yoki biznes loyiha yozish jarayonida kerakli bo’ladigan eng birinchi bosqichini chuqur o’rganish va tahlil qilishga bag’ishlanadi. Loyihaning eng ahamiyatli va ko’p vaqt olishi mumkin bo’lgan bosqichi bu rejalashtirish va unda maqsad va maqsadli guruhning ehtiyojini aniqlab olishdir. Agar siz bu bosqichni yaxshiroq o’rganmoqchi bo’lsangiz, ushbu trening siz uchun.
Kursning asosiy maqsadi ishtirokchilarga axborot vositalaridagi ma’lumotlarni to’g’ri tahlil qilish, tanqidiy fikrlash va internet yordamida qanday mustaqil ma’lumot olish haqida ma’lumot berish.
Ko'proq ma'lumot uchun about Media savodxonligi va tahliliy fikrlash
Ushbu vebinar orqali qatnashuvchilar dunyodagi odam savdosi jinoiy tizimning o’sishi, undagi o’zbekistonlik muhojirlarning o’rni va davlatdan chiqib ketish sabab va oqibatlari haqida ma’lumot oldilar.
Ko'proq ma'lumot uchun about Odam savdosiga qarshi tashabbus
Kursning asosiy maqsadi blogerlikka qiziqadigan, ijtimoiy hayotda faol bo’lgan yoshlarga shu sohada zarur nazariy va amaliy bilimlar berib, ularning onlayn media faoliyatini o’zlari va keng jamoatchilik uchun yanada foydali bo’lishini ta’minlash.
Ko'proq ma'lumot uchun about Ijtimoiy faollik va onlayn media
Vebinarda qatnashuvchilar konstitutsiya o’zi nima? Uning fuqarolar kundalik hayoti va davlatchilik uchun ahamiyati nimada? Konstitutsiyada har bir fuqaro bilishi kerak bo’lgan huquq va tamoyillar qaysi? savollarga javob olishdi.