• Vebinar haqida

    2018 yil 8-iyunda, Ijtimoiy Tadbirkorlik Maktabi ishtirokchilari uchun “Auditoriyada muvaffaqiyatli chiqish” mavzusida, Finlyandiyada o’z sohasining ustasi Kamilla Sultanovani taklif qildi. Kamilla vebinar ishtirokchilariga o’z taqdimotida 3 asosiy ko’nikmani o’zlashtirib olishni o’rgatdi. 1. Auditoriyada muvaffaqiyatli taqdimot qilish, 2. Auditoriya, imtihon, ish ko’rishmasi yoki boshqa ommaviy chiqishdan oldin qo’rquv va hayajon hissini qanday jilovlab olish mahorati hamda 3. saxnada odam o’zini dadil va o’ziga ishonch bilan qanday tutish kerakligini amaliy jihatlari va hayotiy misollar bilan tushuntirib berdi. Kamilla Sultanovani jonli vebinari bilan shu yerda tanishingiz mumkin: Auditoriyada muvaffaqiyatli chiqish

  • Mutaxassis haqida

    2014 yildan buyon Xelsinkida professional kommunikator bo’lib ishlaydi. O’zbekistonda tug’ilgan, so’nggi 16 yil mobaynida Yevropada yashab faoliyat yuritadi. U turli davlatlarda ochiq auditoriyalarda xalqaro miqyosda loyihalarni amalga oshirishga va hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilib kelmoqda.  Ta’lim, texnologiya va barqarorlikni qo’llab-quvvatlashga intiladi va insonparvarlik, ishonch va hamjihatlik bilan amalga oshirilishiga ishonadi.