• Vebinar haqida

    11-mayda ITM Klubi Skype jonli suhbatiga “Startupfactory.uz” loyihasi boshlig’i Yelena Seleznevani taklif qildik. U axborot texnologiya yo’nalishidagi biznes g’oyalar va loyihalarni akselerator dasturida ishtirok etish imkoniyatini ishtirokchilarimizga to’liqroq yoritib berdi. “Akseleratorlar”, deydi Yelena Selezneva o’z taqdimotida,“startaplarni qo’llab-quvvatlash uchun yaratilgan vaqtinchalik dasturlardir. Bu dasturda ishtirok etgan loyiha/go’ya mualliflaridan tashkil topgan guruh qisqa vaqt ichida ushbu lohiyalarini bozorga chiqarish va sarmoyalashga tayyorlanadi”. Akseleratorning kuchi ushbu dastur ta’minlaydigan mentorlari va tajribaviy tarmoqlarida ekan. Dasturda ishtirok etish shartlari va imkoniyatlarini tanishtirish bilan birga suhbatdoshimiz yosh tadbirkorlarimizga bir nechta muhim maslahatlarini taklif qildi. Biznes g’oya/loyihangizning ichki bozorini yaxshilab o’rganing: g’oyangiz originalligini qanday asoslab bera olasiz? Do’stlaringiz orasida ijtimoiy/onlayn so’rovnoma o’tkazib ko’ring, g’oyangizga bozorda haqiqatdan qanday talab bor? Startupfactory.uz hozircha faqat rus tilida, faqat poytaxt atrofida joylashgan axborot texnologiyalari bilan bog’liq moliyaviy startaplarga mo’ljallangan bo’lsa-da, dastur keyinchalik butun O’zbekiston bo’ylab o’zbek tilida va boshqa sohadagi biznes va ijtimoiy tadbirkorlik loyihalarini ham o’z ichiga olishini kutib qolamiz. Mazkur jonli Skype suhbatni o’tkazib yuborgan bo’lsangiz, yozib olingan ovozli suhbatni tinglashingiz mumkin.

     

    Rasm manbai: Designed by katemangostar / Freepik
  • Mutaxassis haqida

    Yelena Selezneva O’zbekistondagi birinchi StartupFactory.uz (Startap Akselerator) loyihasi direktori lavozimida faoliyat yuritadi. 2016 yildan buyon Technovation Challenge Uzbekistan mintaqaviy elchisi etib saylandi. Ko’plab mahalliy va xalqaro anjumanlarda spiker sifatida ishtirok etib keladi. TechWomen 2006 dasturining bitiruvchisi. Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetida Marketing yo’nalishida bakalavr va magisterlik unvonlarini qozongan. Turli startap loyihalarga mentorlik, startap anjumanlarida kordinatorlik qilib, axborot texnologiyalar sohasidagi turli loyihalarda ishtirok etib kelmoqda.