• Vebinar haqida

    Oxirgi yillari turli xorijiy davlatlarda bakalavr, magistratura va hatto til o’rganish kurslarida o’qish uchun ko’plab yoshlar xalqaro ta’lim maskanlariga o’qishga topshirmoqda. Sizlarning talab va takliflaringizga binoan ushbu mavzuda navbatdagi jonli muloqot havola qilindi. 1- iyul, 2018 Ijtimoiy Tadbirkorlk Maktabining Facebook sahifasida Janubiy Korea Sejong Universitetida doktorlik nomzodini yoqlayotgan va ushbu Universitetning Xalqaro Hujjat topshirish qabulxonasida ish olib borgan yurtdoshimiz Otabek Jurayev bo’lajak talabalar va hozirda xalqaro oliygohlarda o’qib yurgan ishtirokchilarning savollariga javob berdi.

    U bizga hozirgi kunda:

    – chet el oliygohlarida o’qishning o’ziga xos jihatlari qanday?

    – chel elda o’qish uchun universitet tanlashda nimalarga e’tibor berish lozim?

    – yaxshi bilim olish uchun albatta chet elda o’qish shartmi?

    – ijtimoiy faollikning chet elda o’qishga topshirishgizdagi o’rni qanday?

    – mahalliy universitetlarimizda ta’lim sifatini oshirish uchun nimalar qilish kerak, kabi savollar ko’rib chiqildi.

    Otabek, a’lo baho va turli ta’lim markazlaridan sertifikatlarga qo’shimcha, jamiyatda faol bo’lish, ijtimoiy masalalarga qiziqish va turli jamoa tashkilotlarida volontyorlik tajribalarini orttirish ham bo’lajak talabaning portfoliosini yuqori baholanishiga yordam berishini ta’kidladi.

     

    Rasm manbai: Designed by Freepik

  • Mutaxassis haqida

    Juraev Otabek 1984 yilda tug’ilgan. Toshkent Moliya instituti va Janubiy Koreyaning Korean Development Instistute’da (magistr) tahsil olgan. Hozirda Janubiy Koreyaning Sejong University doktoranti shu universitet xalqaro aloqalar bo’yicha koordinatori. Otabek iqtisodiyot, davlat boshqaruvi, ilmiy tadqiqotlar, statistik tahlil sohalarida tajribaga ega.