Ijtimoiy Tadbirkorlik Maktabi 2019 yildan boshlab onlayn vebinar va kurslarga qo’shimcha, O’zbekiston hududining turli shahar va viloyatlarida jonli treninglar o’tkazishni ham yo’lga qo’ymoqda. Treninglar ijtimoiy tabdirkorlik sohasidagi zarur bo’lgan bilim va ko’nikmalarga bag’ishlangan dolzarb mavzularda tayyorlanadi.
Ushbu trening xalqaro trener Alexander Liampert tomonidan O’zbekiston sharoitiga moslashtirilgan taqdimotlar va guruhlarda ishlash uslubida olib borildi. Ishtirokchilar O’zbekistonning turli viloyatlaridan tanlov orqali yig’ilgan tashabbuskor yoshlardan iborat bo’ldi. Trening ijtimoiy loyiha yozish jarayonida eng ahamiyatli bo’lgan birinchi bosqich – ehtiyojlarni baholash jarayoni haqida amaliy va nazariy ko’nikmaga bag’ishlandi. Trening rus va o’zbek tillarida olib borildi.
Trening maqsadi:
Ehtiyojlarni Baholash mavzusiga bag’ishlangan intensiv ikki kunlik jonli trening ijtimoiy yoki biznes loyiha yozish jarayonida kerakli bo’ladigan eng birinchi bosqichini chuqur o’rganish va tahlil qilishga bag’ishlanadi. Ishtirokchilar trening so’ngida ijtimoiy loyiha nima, muammo qanday aniqlanadi, manfaatdor guruhlar bilan ishlash usullari, ularning ehtiyojini aniqlash va strategik rejalashtirish jarayonlari haqida o’rganadilar. Shuningdek, kichik guruhlarda o’zlari qiziqqan ijtimoiy masalalar bo’yicha amaliy mashg’ulotlar ustida ishlashadi.
Trener haqida:
Alexander Liampert – “Yangi Yevrosiyo” fondining tashkiliy rivojlanishi bo’yicha maslahatchi, MBA o’quv darajasiga ega. Belorussiada tug’ilgan. Loyiha yozish va tadbiq etish, monitoring va baholash bo’yicha ko’p yillik xalqaro tajribaga ega yetakchi mutaxassis. U O’zbekistonda tez-tez xalqaro va mahalliy tashkilot xodimlari uchun loyiha yozish va baholash bo’yicha trening va seminarlar o’tkazib keladi.
Treninglarimizda ishtirok etish uchun @Uchinchi_sektor telegram kanaliga a’zo bo’lib yangi kurslarga tanlovlarni kuzatib boring, yoki bizga o’z qiziqishlaringiz haqida yozib yuboring.