• Vebinar haqida

    2015-yil 12-iyunda IT klubi navbatdagi suhbatida g’oyani taqdimot qilish orqali tinglovchiga to’laqonli yetkazib berish kichik sinovi tashkil qilindi. O’z g’oyasini taqdimot qilish uchun Ijtimoiy Tadbirkorlik Maktabi ishtirokchilariga taklif qilindi. Ularning taqdimotlarini baholash va o’z mutaxassislik tajribalari bilan bo’lishish uchun Bekzod Ruzmetov suhbatimiz mehmoni bo’lib ishtirok etdi. Bekzod – yosh, iqtidorli va bir nechta muvaffaqiyatli internet startaplar muallifi bo’lib, turli auditoriyalarda o’zini qanday tutish, tinglovchini e’tiborini va qiziqishini qozonish sirlari haqida bir qator foydali maslahatlar berdi. Faraz qiling, g’oyangizni bir guruh sarmoyadorlar orasida turib 4 daqiqa ichida asli mag’zini yetkazib berishingiz kerak. Bu yerda nafaqat vaqt, balki hayajonni boshqarish, hazilni o’rnini bilish, o’z-o’zini tashkillash va fikrni asoslay olish mahoratlari muhim o’rin tutadi. G’oyangiz qanchalik dolzarb bo’lmasin uni investorga o’tkiza bilish (marketing qilish) avvalambor, sizning taqdimot qilish qobiliyatingizga bog’liq. Xo’sh, taqdimotingizga qanday ma’lumotlar kiritishingiz kerak? Bozorga olib kirmoqchi bo’lgan mahsulotingizni qanday imkoniyati bor?  Ijroiy xulosa (rezyume), mahsulot yoki xizmatingizning bozordagi talabi va uning bozorda o’z o’rnini topishi siz taklif qilayotgan g’oya/loyiha uchun muhimmi?

    Shu kabi dolzarb masalalar haqida to’liq ma’lumot olishni istasangiz chat suhbati yozilgan audioni tinglashingiz mumki.

     

  • Mutaxassis haqida

    Vebinar suhbatda Bekzod Ruzmetov ishtirokchilar bilan o’zining qiziqarli marketing tajriba va maslahatlari bilan bo’lishdi. Biznes boshqaruvchi va moliya sohasida oliy o’quv yurtini tamomlagan Bekzod, o’z ustida ishlashni va yangiliklar yaratishni yoqtiradi. U talibro.com – kichik va o’rta biznes uchun onlayn buhgalteria dasturini yaratgan, shuningdek, yummy.uz – patentlashirilgan biznes katalog platformasi asoschisi. Til o’quv markazi va bir nechta IT loihalarini boshqaradi. Sug’urta konsulting va ishlab chiqarish soxalarida tajribasi baland.