• Kurs Maqsadi

    Ijtimoiy korxonani moliyaviy boshqarish kursi yosh yetakchilar imkoniyatlarini kengaytirish va ularni qo’llab-quvvatlashga yo’naltirish maqsadida yaratilgan. Ijtimoiy Tadbirkorlik Maktabi tomonidan davlat taraqqiyotida ishtirok etayotgan yoshlarning imkoniyatlarini kеngaytirish va qo‘llab-quvvatlashga yo’naltirilgan va ijtimoiy tadbirkorlik asoslarini o’rgatish borasida taqdim qilinayotgan bepul kursdir. Ishonamizki, bu kurs sizning ijtimoiy korxonangizni samarali boshqarish yoki yangi ijtimoiy korxona tashkil qilish yo’lidagi sa’yi harakatingizga ko’mak beradi.

    Kursga yozilish uchun ariza formasini to‘ldirishingiz kerak. Arizani topshirganingizdan so’ng, email manzilingizga tasdiqlovchi xat boradi. Agar tasdiqlovchi xat kelmasa, [email protected] manzili orqali bizga bog’laning.

    Kurs sahifasiga kirish va undan foydalanish bo‘yicha to‘liq ma’lumot kursga qabul qilingan ishtirokchilarga email orqali yuboriladi.

    Kursni muvaffaqiyatli tugatgan ishtirokchilarga sertifikat beriladi.

    Foydali manbalar:

    1. O’zbekistonda ijtimoiy korxona tashkil etish bo’yicha amaliy qo’llanma.
    2. Biznes reja tuzish bo’yicha qo’llanma (o’zbek tilida) (http://www.undp.uz/en/publications/publication.php?id=326)
    3. O’zbekiston Respublikasi “Ijtimoiy sheriklik to’g’risida” qonuni (http://lex.uz/pages/getpage.aspx?lact_id=2468216)
    4. O’zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi to’g’risida” qonuni (www.lex.uz da qidiring)
    5. O’zbekiston Respublikasi “Tadbirkorlik faoliyati to’g’risida” qonuni (www.lex.uz da qidiring)
    6. O’zbekiston Buxgalteriya hisobining milliy standarti (http://www.lex.uz/ru/nsbu)
    7. 20-sonli Buxgalteriya hisobining milliy standarti (www.lex.uz da qidiring)
    8. O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi http://www.lex.uz/pages/getact.aspx?lact_id=1286689)
    9. SMART mezonlari
    10. SWOT-tahlili
    11. GAP-tahlili
    12. ITM resurslari
    13. Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo’llab-quvvatlash jamoat fondi (www.fundngo.uz/uz)
    1. O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi http://www.lex.uz/pages/getact.aspx?lact_id=1286689)
  • Kurs jadvali

     

    1-hafta: Ijtimoiy korxonalar haqida umumiy tushuncha
    2-hafta: Ijtimoiy korxonalarning moliyaviy boshqaruvining asosiy amaliyotlari
    3-hafta: Ijtimoiy korxonalar uchun moliya topish
    4-hafta: Ijtimoiy korxonaning moliyaviy maqsadini belgilash va byudjetini tuzish
    5-hafta: Asosiy moliyaviy hisobotlar turlari bilan tanishish,  1-qismi
    6-hafta: Asosiy moliyaviy hisobotlar turlari bilan tanishish,  2-qismi
    7-hafta: Naqd pulni boshqarish va pul oqimini loyihalash
    8-hafta: Moliyaviy nazorat va mas’uliyat (javobgarlik)

    Sinovlar jadvali:

    So’nggi muhlat                                Sinov turi

    Kursning 1-haftasi oxirida              Boshlang’ich kichik sinov

    Kursning 8-haftasi tugashi bilan     Yakuniy kichik sinov