• Vebinar haqida

    2019 yilning 21 iyun kuni ITM ushbu yilning fevral oyida o’tkazilgan “Odam Savdosiga qarshi kurashishda jamoat tashkilotining ishtiroki” vebinarining davomi sifatida, “Inson huquqlari doirasida migratsia masalalari” deb nomlangan jonli vebinar tashkil etdi. Vebinarni odam savdosiga qarshi kurashish bo’yicha mutaxassis Shohida Qosimova olib bordi.

    Vebinarda migratsia sabablari, hamda uning madaniyatimizga, iqtisodiyotimizga va jamiyatimiz umumiy rivojiga ijobiy va salbiy taraflari muhokama qilindi. Shuningdek, migratsianing to’rtta asosiy masalalari 1. migratsianing rivojlanayotgan ijobiy imkoniyatlarini kuchaytirish, 2. davlatlararo xavfsiz harakatlanishni yaxshilash, 3. boshqa davlatda joylashishga imkon izlayotganlarga ma’lumot olishda ko’maklashish, hamda 4. odamlarning kutilmagan xavfli vaziyatlardan chiqishlari uchun ma’lumotlar bilan yordam berish; masalalariga alohida to’xtalib o’tildi. Shohida Qosimovaning taqdimoti bilan shu yerda tanishishingiz mumkin: Migratsiya – masalalari

     

  • Mutaxassis haqida

    Shohida Qosimova, 1998-2000 yillar davomida Toshkent ixtisoslashtirilgan xotin-qizlar kollejining huquq, xotin-qizlar va bolalarga tibbiy va ijtimoiy yordam ko’rsatishni tashkil etish yo’nalishida o’rta-maxsus, keyinchalik Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining psixologiya yo’nalishida oliy ma’lumotni qo’lga kiritgan.

    2001 yildan hozirga qadar, Respublika “Istiqbolli Avlod” ijtimoiy –axborot markazida avval volontyor, keyinchalik odam savdosini oldini olish bo’yicha axborot kampaniyasida Yoshlar dasturi treneri, shu bilan birgalikda odam savdosi jabrlanuvchilarini vatanga qaytishlari va reabilitatsia jarayonida ko’maklashish bo’yicha ijtimoiy xizmat ko’rsatishda ko’maklashib kelgan.

    Markaz tomonidan amalga oshirib kelingan OIV profilaktikasi bo’yicha xalqaro loyihalarda ‘aurtich’ ishchisi bo’lib, keyinchalik koordinator vazifalarini bajargan. O’z faoliyati davomida Migratsia bo’yicha xalqaro tashkilotlar, xususan, USAID, UNOD tomonidan jalb etilgan loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etgan.

    Markaz tomonidan bugungi kunda ijrosi ta’minlanib kelinayotgan, AQSh elchixonasi giyohvand moddalar va huquqni tadbiq etish bo’limi tomonidan qo’llab-quvvatlanib kelinayotgan «O’zbekistonda odam savdosiga qarshi kurashish dolzarb aloqa tarmog’ini qo’llab-quvvatlash» loyihasining xodimi.