20-aprelda IT Klubining chat forumi birinchi marta Ijtimoiy Tadbirkorlik Maktabining Skype guruhida jonli ovozda tashkil qilindi. Chat mehmoni Washington DCda Mudofaa Vazirligi boshqarmasida xodimlarni yollash boshlig’i Abror Sharipov bizning ishtirokchilarimizga bosqichma-bosqich muvaffaqiyatli rezyume yozish, qabul suhbatiga kirishda o’zini tutish, xodimlarni ishga olish va bo’shatish masalalari bo’yicha mutaxassislik tajribalari bilan bo’lishdi. “Rezyume sizning internetga joylagan passportingiz”, deydi Abror Sharipov, demak, bu shunchalik muhim hujjatki, unga joylagan ma’lumotingiz sizning mehnat bozoridagi qimmatingizni belgilar ekan.
Rezyumeni tuzishda albatta muayyan qoidalarga rioya qilish kerak. Rezyume tayyorlashda xalqaro bosqichda qabul qilinadigan “qilish kerak” va “qilish kerak emas” qoidalarini bilasizmi? Rezumega shaxsiy ma’lumotlarni, ya’ni rasmingiz, oilaviy sharoitingiz yoki yoshingizni kiritishingiz sizning mehnat qilish yoki fikrlash qobiliyatingizni baholashda qanday yordam beradi? Qabul suhbatiga kirish uchun qanday tayyorlanish kerak? Siz bilmagan savolga zukkolik bilan javob berish yo’llarini bilasizmi? Abror Sharipov bilan olib borilgan jonli chat forumini o’tkazib yuborgan bo’lsangiz, yozib olingan audio formatini tinglashingiz mumkin.