Sizlardan tushgan talab va takliflarni inobatga olib, Ijtimoiy Tadbirkorlik Maktabining Facebook sahifasida 2018-yil 8-sentyabr kuni soat 18:00 da “Konstitutsiya va Yoshlar: Bosh qonun haqida nimalarni bilishimiz kerak? ” onlayn jonli suhbat bo’lib o’tdi. Muloqot barcha uchun ochiq bo’lib Facebookda jonli savol-javob muhokamasida ham ishtirok etishdi. Mashg’ulotni AQShda yashovchi o’zbekistonlik advokat, Mirakmal Niyazmatov olib bordi. Ushbu jonli suhbatimizning asosiy maqsadi ishtirokchilarning huquqiy ongini oshirish va “Konstitutsiya o’zi nima? Uning fuqarolar kundalik hayoti va davlatchilik uchun ahamiyati nimada? Konstitutsiyada har bir fuqaro bilishi kerak bo’lgan huquq va tamoyillar qaysi? Qonun yoki qarorlar konstitutsiyaviy huquqlarni cheklashi mumkinmi? Konstitutsiya buzilganda qanday chora ko’rish kerak?” savollariga javob topishdan iborat edi. Mirakmal Niyazmatov bilan olib borilgan jonli vebinarni o’tkazib yuborgan bo’lsangiz, yozib olingan video formatini ko’rib eshitishingiz ham mumkin.