• Kurs haqida

    Loyihani rejalashtirish va boshqarish kursi olti haftalik kurs bo’lib uning asosiy maqsadi ishtirokchilarda kichik loyihalarni tuzish va amalga oshirish ko’nikmalarini rivojlantirishdir. Kursni tugatgach, uning bitiruvchilari o’zlarining hududlarida amalga oshirish uchun loyiha tayyorlab, uni dadillik bilan amalga oshirish, monitoring qilish va natijasini baholash qobiliyatiga ega bo’ladilar.

    Kursga yozilish uchun ariza formasini to‘ldirishingiz­ kerak. Arizani topshirganingizdan so’ng, email manzilingizga tasdiqlovchi xat boradi. Agar tasdiqlovchi xat kelmasa, [email protected] manzili orqali bizga bog’laning.

    Kurs sahifasiga kirish va undan foydalanish bo‘yicha to‘liq ma’lumot kursga qabul qilingan ishtirokchilarga email orqali yuboriladi.

    Kursni muvaffaqiyatli tugatgan ishtirokchilarga sertifikat beriladi.

    Qo’shimcha formalar:

    • Kurs-oldi testi
    • Kursni tamomlash testi
    • Kurs qo’llanmasi
    • Kursni baholash/istaklar qoldirish formasi
    Rasm manbai: Designed by Freepik
  • Kurs jadvali

    1- hafta: Kirish qismi. Loyihani rejalashtirish va boshqarish. Loyiha maqsadi, vazifalari va kutilgan natigalarini aniqlash

        • Kirish qismi. Kursning maqsadi, tuzilishi, kutilgan natijalari
        • Loyiha deganda nima tushuniladi – vaqtinchalik, takrorlanmaydigan, oldin uchramagan tashabbus.
        • Loyihalar misollari
        • Mashq: atrofingizdagi ehtiyoj yoki bajarish kerak bo’lgan ishni loyiha sifatida tasavvur qiling
        • Loyiha maqsadi, vazifalari va loyiha natijasida nimaga erishish istagingiz borligini aniqlash
        • Uyga vazifa
        • Qo’shimcha: asosiy atamalar va konsepsiyalar tushunchasi

    2- hafta: Loyihaning tuzilishi. Mantiqiy modellar va ma’lumot yig’ish usullari

        • Asosiy tushunchalar: maqsad, vazifalar, tadbir, bevosita va pirovard natija
        • SMART – aniq, o’lchamli, erishib bo’ladigan, amalga oshirib bo’ladigan va ayni paytga moslashgan
        • Loyiha tuzilishi: muammoni qisqacha yoritish, maqsad va vazifalarni aniqlash, maqsadga yetkazuvchi tadbirlarni aniqlash, rejalashtirish va natijalarni belgilash
        • Loyihaning bevosita va pirovard natijasini aniqlash
        • Loyihada uchrashi mumkin bo’lgan xavf-xatarlarni oldindan aniqlash
        • Misollar
        • Uyga vazifa

    3- hafta: Monitoring va baholash usullari. Loyihaning natijasi va bo’lg’usi ta’sirini sifatli va miqdoriy ko’rsatkichlar orqali baholash

        • Loyihaning mantiqiy modeli: tushunchasi, kelib chiqishi va ko’rinishi
        • Loyihaning mantiqiy modelini tuzish, uning tarkibiy qismlarini tushunish
        • Loyiha samarasini baholash uchun sifatli va miqdoriy ko’rsatkichlarini aniqlash
        • Gender ko’rsatkichlari
        • Monitoring va loyiha to’g’risida doimiy ma’lumot yeg’ib borish
        • Ko’rsatkichlarni baholash
        • Uyga vazifa: loyihangizning mantiqiy modelini aniqlang

    4- hafta: Loyiha byudjetini tayyorlash va xarajatlarni boshqarish

        • Rejalashtirish va loyiha tadbirlarini kichik pog’onalarga/qismlarga bo’lish
        • Har bir qismning xarajatini aniqlash
        • Loyihaning umumiy byudjetini tuzish
        • Loyiha xarajatlarini nazorat qilish
        • Uyga vazifa

    5- hafta: Loyihadan manfaat ko’radigan yoki loyihaga ta’sir ko’rsata oladigan tomonlarni aniqlash va boshqarish

        • “Stakeholder” (manfaatdor) tushunchasi – loyihaga mablag’ ajratadigan, ko’mak beruvchi, sherik, loyihaga ta’sir ko’rsata oladigan, loyiha xodimlari, manfaatdorlari
        • “Stakeholder” misollari
        • Loyihaning ‘stakeholder’larini aniqlash
        • ‘Stakeholder’larni toifalarga bo’lish
        • ‘Stakeholder’larning kutuvlarini boshqarish
        • Loyiha aloqa o’rnatish rejasi
        • Loyihaga mablag’ topish
        • Misollar va mashq
        • Uyga vazifa

    6- hafta: Hujjatlarni boshqarish. Loyihani amalga oshirish va yakuniga yetkazish

        • Loyiha hujjatlarini olib borish va saqlash
        • Loyihani amalga oshirish
        • Loyihani yakunlash