Media savodxonligi axborot texnologiyalari va internetdagi ma’lumotlarni to’g’ri baholay olish, foydalanish, almashish, yarata olish va ishlatishga aytiladi.Media savodxonligi axborot texnologiyalari va internetdagi ma’lumotlarni to’g’ri baholay olish, foydalanish, almashish, yarata olish va ishlatishga aytiladi.
Kurs maqsadi
Media savodxonligi kursi uch haftaga mo’ljallangan onlayn kursdir. Bugungi kunda zamonaviy axborot texnologiyalarining rivojlanishiga nazar solsak, kundalik hayotimizning uzviy jarayoiniga aylanib borayotgan ijtimoiy tarmoqlardan to’g’ri foydalanish davr talabi hisoblanadi. Ushbu kursning maqsadi axborot vositalaridagi ma’lumotlarga tahliliy konstruktiv nazar bilan qarash, faol is’temolchi sifatida nafaqat yangiliklarni balki o’z sohasiga aloqador ma’lumotlarni to’g’ri tahlil qilish usullarini o’rgatadi. Kurs davomida ishtirokchilar yangi axborot texnologiyalarni o’rganish va tadbiq qilish usullari, jamiyatda muhim va dolzarb masalalar borasida savodini oshirish yo’llari, tanqidiy fikrlash, va internet yordamida qanday mustaqil ma’lumot olish haqida ma’lumot oladilar.
Kursga yozilish uchun ariza formasini to‘ldirishingiz kerak. Arizani topshirganingizdan so’ng, email manzilingizga tasdiqlovchi xat boradi. Agar tasdiqlovchi xat kelmasa, [email protected] manzili orqali bizga bog’laning.
Kurs sahifasiga kirish va undan foydalanish bo‘yicha to‘liq ma’lumot kursga qabul qilingan ishtirokchilarga email orqali yuboriladi.
Kursni muvaffaqiyatli tugatgan ishtirokchilarga sertifikat beriladi.
Kurs instruktori haqida
Hayot Tuychiev Amerikaning Arkanzas Shtatida, Arkanzas Davlat Universitetida (University of Arkansas) Jurnalistika va PR yo’nalishlarida 2010 yildan beri dars berib keladi. Amerikaga kelishdan oldin, 2001 – 2006 yillarda O‘zbekistonda inson huquqlari va jurnalistika sohasida ishlagan. Markaziy Osiyoda BBC, CNN, Associated Press, Reuters OAVlarida prodyusser sifatida ishlagan. Universitetda akademik mashg’ulotidan tashqari, professional hujjatli film’lar suratga oladi. 2011 yildan beri 10 dan ortiq filmlar ustida ishlagan. Hayot Tuychievning ikki hujjatli filmi ikki nominasiyada Mid-America Emmy mukofotini olgan. Kelajakda dunyoning ilm-ma’rifatiga hissa qo’shgan O’zbekistonlik arboblar haqida hujjatli filmlar turkumini olish rejasi bor.