Shohida Qosimova, 1998-2000 yillar davomida Toshkent ixtisoslashtirilgan xotin-qizlar kollejining huquq, xotin-qizlar va bolalaga tibbiy va ijtimoiy yordam ko’rsatishni tashkil etish yo’nalishida o’rta-maxsus, keyinchalik Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining psixologiya yo’nalishida oliy ma’lumotni qo’lga kiritgan.
2001 yildan hozirga qadar, Respublika “Istiqbolli Avlod” ijtimoiy –axborot markazida avval volontyor, keyinchalik odam savdosini oldini olish bo’yicha axborot kampaniyasida Yoshlar dasturi treneri, shu bilan birgalikda odam savdosi jabrlanuchilarini vatanga qaytishlari va reabilitatsia jarayonida ko’maklashish bo’yicha ijtimoiy xizmat ko’rsatishda ko’maklashib kelgan.
Markaz tomonidan amalga oshirib kelingan OIV profilaktikasi bo’yicha xalqaro loyihalarda ‘aurtich’ ishchisi bo’lib, keyinchalik koordinator vazifalarini bajargan. O’z faoliyati davomida Migratsia bo’yicha xalqaro tashkilotlar, xususan, USAID, UNOD tomonidan jalb etilgan loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etgan.
Markaz tomonidan bugungi kunda ijrosi ta’minlanib kelinayotgan, AQSh elchixonasi Giyohvand moddalar va huquqni tadbiq etish bo’limi tomonidan qo’llab-quvvatlanib kelinayotgan «O’zbekistonda odam savdosiga qarshi kurashish dolzarb aloqa tarmog’ini qo’llab quvvatlash» loyihasining xodimi.