• Vebinar haqida

    Ijtimoiy Tadbirkorlik Maktabi o’zining navbatdagi amaliy vebinar mashg’ulotini taqdim etdi. Muloqot Facebook Live orqali 31-mart 2018 yil, soat 19:00da ITMning Facebook sahifasida bo’lib o’tdi. Vebinar mehmoni e-kommersiya bo’yicha mutaxassis Shuxrat Agzamov. Suhbatga Baxtiyor G’oziyev moderatorlik qildi.

    Ushbu vebinar muloqotda Shuxrat ishtirokchilarga o’zining tajribasi asosida O’zbekistonda bugungi kunda tez rivojlanayotgan yangi platforma – internetda biznes boshlash haqida foydali maslahat va ko’nikmalari bilan bo’lishdi. Eng avvalo, elektron tijorat sayt ochish uchun qanday qadamlardan boshlash kerak, qanday turlari bor: (xizmat, mahsulot va kontekt sotish, masalan) keyingi qadamlari bo’lgan mijozni aniqlash, ya’ni kimga sotmoqchisiz (masalan biznesgami, aholigami va yoki davlatgami), qanday usulda sotasiz degan savollarga atroflicha misollar bilan to’xtalib o’tdi. Shuxrat, shuningdek, sarmoyangizga qarab, pulli va bepul usulda sayt ochib yuritish to’g’risida tushgan savollarga javob berdi. Bu yangi biznes platformasi kimlar uchun foydali va yangi imkoniyat bo’lishi mumkin, qanday shartlarda qanday sohalarga kirish kerak, mahsulotingizni qaysi saytlarda va qanday usulda targ’ib qilishingiz mumkin degan savollarga o’z maslahatlari bilan bo’lishdi.

    Istiqbollar va sohalar haqida gapirar ekan, Shuxrat yangi tadbirkorlarga imkon qadar, katta o’yinchilar kirmaydigan sohalarda biznes boshlashni o’ylab ko’rishlarini aytdi. Hamda, O’zbekistonning yalpi ichki mahsuloti ko’rsatkichi va aholining sotib olish qudrati ko’rsatkichlari o’xshash bo’lgan boshqa davlatlardagi yurayotgan biznes sohalarini ham tahlil qilishni taklif qildi. Shu kabi savollarga javoblarni Shuxrat Agzamovning video muloqotida ko’rib eshitishingiz ham mumkin.

  • Mutaxassis haqida

    Shuxrat Agzamov, Ijtimoiy Tadbirkorlik Maktabining faol bitiruvchilaridan biri. Asli Toshkentlik bo’lib, yosh bo’lishiga qaramay ko’plab IT va ijtimoiy loyiha va dasturlarda faol ishtirok etadi. Hozirda, TATUning E-kommersiya sohasida Магистр, (Muhammad Al-Xorazmiy stipendiya sohibi), M-Pos loyihasi bilan o’tkazilgan startap tashabbuslar finalisti, O’rta Osiyo Startup Challenge tanlovining g’olibi bo’lgan. Bugungi kunda, o’qishidan tashqari, Nika Farm Servic, Oxumed dorixona tarmog’ining marketing va innovatsialar bo’yicha IT konsultanti bo’lib ishlaydi. Shu bilan birga, MOBILE FIRST, Tasker servislar va Mazill IT kompaniyalarining asoschisi va boshqaruvchisi lavozimida faoliyat olib boradi.