Mirjahon Turdiev, turli xalqaro tashkilotlarning dasturlari va loyihalarida 18 yildan ortiq vaqt davomida faoliyat ko’rsatib keladi.
Mirjahon Turdiev – sharoiti cheklangan shaxslarning huquqlari va ijtimoiy integratsiyasi bo’yicha mutaxassis. U nogironlik masalalariga qaratilgan bilimlarini boshqalar bilan ulashish maqsadida www.istiqbol.blogspot.com blogini yutirib boradi. Shuningdek, nogironlarning jamiyatda duch keladigan to’siqlari va muammolarini ommaviy ravishda muhokama qilish maqsadida, Facebook ijtimoiy tarmog’ida Sharoit+/- sahifasini ishga tushirib yuritib kelmoqda. 2016 yilda magistraturani bitirib, Mirjahon Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu York shahridagi Bosh Qarorgohida amaliyot o’tadi. 2018 yilda O’zbekiston Nogironlar Assotsiatsiyasi Mirjahonni Xalqaro Munosabatlar bo’yicha Rais O’rinbosari lavozimiga tayinladi. Mirjahonning tashabbusi bilan 2018 yilda Syracuse Universitetida Markaziy Osiyo va Kavkaz davlatlaridan kelgan talabalarning “Central Asia and Caucasus Student Union” tashkiloti ta’sis etildi va Mirjahon bu tashkilotning prezidenti sifatida saylangan.
Mirjahon Turdiev, 2003 yildan boshlab ijtimoiy tadbirkorlik sohasida faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Ijtimoiy tadbirkolikning jamiyat rivojlanishidagi o’rni muhimligiga ishonadi va yosh tadbirkorlarga yordamlashish maqsadida Ijtimoiy Tadbirkorlik Maktabining Mentorlik dasturida qatnashmoqda.