• Trening haqida

    Ijtimoiy Tadbirkorlik Maktabi 2019 yildan boshlab onlayn vebinar va kurslarga qo’shimcha, O’zbekiston hududining turli shahar va viloyatlarida jonli treninglar o’tkazishni ham yo’lga qo’ymoqda. Treninglar ijtimoiy tabdirkorlik sohasidagi zarur bo’lgan bilim va ko’nikmalarga bag’ishlangan dolzarb mavzularda tayyorlanadi.

    “Samarali Muloqot va Jamoada Ishlash” deb nomlangan ikki kunlik intensiv trening xalqaro kommunikatsialar bo’yicha mutaxassis Ted Elder va ITM dasturi bitiruvchilar koordinatori Mohira Kurbanova tomonidan olib borildi. Trening o’zbek tilida.

    Trening Maqsadi:

    Hayotdagi eng muhim narsalardan biri bu ishonchli, mazmunli, qoniqarli munosabatlardir. Munosabatlarimiz ham shaxsiy, ham oilaviy hayotda va ish faoliyatimizda muhim o’rin tutadi. Bizning is dunyoimizda odamlar bilan muloqot qilish qanchalik ko’p talab qilinsa, shaxslaro munosabatlar uchun ko’nikmalarni rivojlantirish biz uchun shunchalik muhimdir. Ushbu ko’nikmalarning eng ahamiyatlilaridan biri bu shaxslararo muloqotdir. Samarali muloqot kursida shu narsa ko’rib chiqiladi.

    Samarali Muloqot treningida ishtirokchilar muloqot dunyosining nazariy tushunchalarini amalda qo’llash uchun kichik guruhlarda qiziqarli mashg’ulot va uslublar yordamida o’rganadilar.Trener o’zbek madaniyati va xalqaro tajribani mohirona uyg’unlashtirib mavzuni ishtirokchilar uchun o’qitishning turli uslublaridan foydalanib yetkazib beradi. Ishtirokchilar salbiy va ijobiy muloqot shakllariga hayotiy misollar keltirib ishonchli tinglovchi bo’lish tajribasini oshirish imkoniga ega bo’ladilar.

    Treninging Jamoada Ishlash mavzusiga bag’ishlangan qismida ishtirokchilar o’zlarining jamoada qanday ro’l o’ynashlarini sinab ko’rishadi. Turli mashq va mashg’ulotlar yordamida jamoani shakllantirish uslublari, samarali yetakchilik xususiyatlari, jamoada yuzaga keladigan nizolarni bartaraf qilish, virtual jamoa bilan ishlash hamda to’g’ri tanqid qilish uslubini sinab ko’rishadi.

    Trener Haqida:

    Ted Elder Toshkentdagi “Global Training For Transformation” tashkilotida trener bo’lib faoliyat olib boradi. U O’rta Osiyo davlatlarida 1993 yildan buyon ishlab keladi va o’zbek tilini a’lo darajada o’zlashtirgan. Asli AQShning Texas shtati Hyuston shahrida tug’ilgan, muhandiszoslikdan bakalavr va madaniyatlaro ta’lim sohasidan magistr unvonlarini qozongan. Ted O’zbekistondagi ijtmoiy tashkilotlar bilan 13 yil faoliyat olib borgan. Tojikistonda doktorantura ishlarini tugallagan va turli mavzularda trening ishlab chiqib ularni O’rta Osiyo davlatlarida olib borgan. Rafiqasi Annette va besh nafar farzandlari bor. U ota bo’lish, osh tannovul qilish, o’zbekcha kinolarni tomosha qilish va tog’larda sayr qilishni yoqtiradi.

    Treninglarimizda ishtirok etish uchun @Uchinchi_sektor telegram kanaliga a’zo bo’lib yangi kurslarga tanlovlarni kuzatib boring, yoki bizga o’z qiziqishlaringiz haqida [email protected] ga yozib yuboring.

  • Trening jadvali

     

    1- kun

    9:00 – 9:45 Trening dasturi. Tanishuv o’yini. Guruh qoidalari. Pre-test
    9:45 – 10:30 Guruhlarga bo’linish. Mavzu: Kuchlarni birlashtirish: guruh tuzish jarayoni
    10:30 – 10.45 Kofe tanaffus
    10.45 – 13:00 Loyiha jamoasi modellari. Mashg’ulot
    13.00 – 14.00 Tushlik
    14.00 – 14.30 Samarali yetakchi mahoratlari
    14.30 – 15.30 Mashg’ulot: Jamoada tanqidni yo’naltirish
    15.30 – 16.00 Kofe tanaffus
    16.00 – 18.00 Guruhlarda ishlash: mashg’ulot. Yakunlash

     

    2- kun

    09.00 – 9.45 Tanishuv. Kirish. Maqsad.
    09.45 – 10.30 Samarali va samarasiz muloqotning farqlari
    10.30 – 11.00 Kofe tanaffus
    11.00 –13.00 Faol tinglash va mashqlar
    13.00 – 14.00 Tushlik
    14.00 – 15.30 Shaxslararo muloqot: to’siqlar va taktikalar
    15.30 – 16.00 Kofe-tanaffus
    16.00 – 17.00 Shaxslararo muloqot: mashqlar
    17:00 – 17:30 Yakunlash: Post-test