Ijtimoiy Tadbirkorlik Maktabi 2019 yildan boshlab onlayn vebinar va kurslarga qo’shimcha, O’zbekiston hududining turli shahar vaviloyatlarida jonli treninglar o’tkazishni ham yo’lga qo’ymoqda. Treninglar ijtimoiy tabdirkorlik sohasidagi zarur bo’lgan bilim va ko’nikmalarga bag’ishlangan dolzarb mavzularda tayyorlanadi.
Navbatdagi taklif etilgan trening Strategik Rejalashtirish va yetakchilik mavzulariga bag’ishlangan.
Trening Maqsadi:
Treningda quyidagi mavzular ko’rib chiqiladi :
- Ijtimoiy tadbirkorlik va strategik rejalashtirishni aniqlash;
- Ijtimoiy tadbirkorlikning jamiyatdagi roli;
- Ijtimoiy korxonalar muvaffaqiyatlarida strategik rejalashtirishning roli;
- Jamiyat uchun qiymat yaratishning turli usullari;
Trener ishtirokchilarni tanqidiy fikrlash va bir qator strategiyalarni baholashni o’zlashtirishlari uchun interfaol ma’ruzalar, mini-guruh mashqlari, individual topshiriqlardan foydalanadi. Mahalliy va xalqaro misollarning to’plami taqdim etiladi va muhokama qilinadi. Trening interfaol tarzda – ma’ruzalar, savol-javoblar va amaliy qo’llanmalar bilan olib boriladi.
Ishtirokchilar dastlab strategik rejalashtirish tushunchasi va uning ahamiyati bilan tanishadilar, bugungi kompaniyalarning ishlash uslublari tahlil qilinadi. Mini guruhlardagi tadbirlar har bir ishtirokchiga ishtirok etish va o’z fikrini bildirishiga imkon beradi. O’zaro tengdoshlar va murabbiylardan fikr-mulohazalarni olishadi. Olingan bilimlardan o’zlarining ijtimoiy loyihalarida qo’llash va maslahat olish imkoniga ega bo’ladilar.
Trener Haqida:
Mamurjon M. Rahimov – Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster Universiteti, Marketing kafedrasi katta o’qituvchisi. Mamurjon M. Rahimov xalqaro diplom va tajribaga ega bo’lgan oliy ta’lim arbobi, tadqiqotchi va konsultant bo’lib, Amerika Qo’shma Shtatlarining Emori universitetida(Emory) marketing va menejment sohalari bo’yicha bakalavr diplomini (Atlanta shahri) va Ilinois universitetida(Chikago shahri) iqtisod sohasi bo’yicha magistrlik diplomini olgan. 2009-yildan buyon Mamurjon Rahimov Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster Universitetida marketing, menejment va iqtisod fanlari bo’yicha dars berib kelmoqda. Marketing sohasida qator yirik davlat va tijoriy kompaniyalar menejerlari va rahbariyatiga maxsus treninglar o’tkazgan va biznes boshqaruvi bo’yicha konsalting xizmatlarini ko’rsatib kelmoqda. Oliy ta’lim sohasidan tashqari, Chikago shahridagi Jahon Savdoni Rivojlantirish Markazida, Uz-DEU Avto kompaniyasida va Korporativ Boshqaruv Markazida ishlagan.
Treninglarimizda ishtirok etish uchun @Uchinchi_sektor telegram kanaliga a’zo bo’lib yangi kurslarga tanlovlarni kuzatib boring, yoki bizga o’z qiziqishlaringiz haqida [email protected] ga yozib yuboring.