1-hafta: Kirish. Ijtimoiy tadbirkorlik, ijtimoiy muammoni aniqlash, ijtimoiy tashabbus uchun g‘oya tanlash, ehtiyojlarni aniqlash.
2- hafta: SWOT tahlili va strategik rejalashtirish. G‘oyani SWOT orqali tahlil qilish yetakchining o‘z g‘oya va tashabbuslarini qanchalik chuqur tahlil qilish mahoratiga ega ekanligini ko‘rsatadi.
3- hafta: G’oyani amalga oshirish uchun jamoani tashkil qilish. Ijtimoiy yetakchining jamoani boshqarish mahorati: ishonchli muloqot, nizolarni bartaraf qilish va qaror qabul qilish.
4- hafta: Missiya va oliy maqsadni aniqlash.
5-hafta: Yosh yetakchining muloqot o’rnata olish mahoratlarini rivojlantirish. Ishonchli muloqot o’rnatish, nizo va ziddiyatlarni bartaraf qilish va boshqaruv usullari tashabbus muvaffaqiyatiga bog’liqligi.
6- hafta: Qaror qabul qilish va muammolarni bartaraf etish mahorati.
Kursga yozilish uchun ariza formasini to‘ldirishingiz kerak. Arizani topshirganingizdan so’ng, email manzilingizga tasdiqlovchi xat boradi. Agar tasdiqlovchi xat kelmasa, [email protected] manzili orqali bizga bog’laning.
Kurs sahifasiga kirish va undan foydalanish bo‘yicha to‘liq ma’lumot kursga qabul qilingan ishtirokchilarga email orqali yuboriladi.
Kursni muvaffaqiyatli tugatgan ishtirokchilarga sertifikat beriladi.