Faoliyatimiz

Ijtimoiy Tadbirkorlik Maktabi (ITM) Klubi – maktab kurslarini muvaffaqiyatli bitirgan ishtirokchilar uchun tashkil etilgan onlayn platforma. Onlayn kurs va vebinar turkumlarini tamomlaganingizdan so’ng, biz bilan hamda boshqa hamfikr guruhdoshlaringiz bilan aloqani davom ettirishni istasangiz bu klub siz uchun. Klubning maqsadi – olgan bilim va ko’nikmalaringizni hayotda va ishingizda o’sish va rivojlanish uchun targ’ib qilib borishingiz, o’z ustingizda doimiy ravishda ishlashingiz, professional hayotingizdagi qiziqarli va foydali ma’lumot va imkoniyatlar bilan o’rtoqlashishingizga zamin yaratadi. Quyida klubimizdagi faoliyatlar bilan tanishing.