KLUBIMIZGA XUSH KELIBSIZ!

Ijtimoiy Tadbirkorlar Maktabi (ITM) Klubi – maktab kurslarini muvaffaqiyatli bitirgan ishtirokchilar uchun tashkil etilgan onlayn platforma. Onlayn kurs va vebinar turkumlarini tamomlaganingizdan so’ng, biz bilan hamda boshqa hamfikr guruhdoshlaringiz bilan aloqani davom ettirishni istasangiz bu klub siz uchun. Klubning maqsadi – olgan bilim va ko’nikmalaringizni hayotda va ishingizda o’sish va rivojlanish uchun targ’ib qilib borishingiz, o’z ustingizda doimiy ravishda ishlashingiz, professional hayotingizdagi qiziqarli va foydali ma’lumot va imkoniyatlar bilan o’rtoqlashishingizga zamin yaratadi. Quyida klubimizdagi faoliyatlar bilan tanishing. Ko’proq malumot uchun …

Vebinarlar

ITM klubi ishtirokchilari uchun har oyda diasporadagi o’z sohasining ustasi bo’lgan turli yo’nalishlardagi o’zbekistonlik mutaxassislar bilan jonli suhbat muhokamalar o’tkazish imkoniyatini taklif qilamiz. Vebinar mavzulari sizlardan tushgan talab va takliflar asosida tayyorlanadi, va o’tkazilish formati, vaqti va davomiyligi auditoriya talab va ehtiyojiga moslashtiriladi. O’tkazilgan vebinarlar odatda yozib olinadi va taqdimotlar bilan birga ITMning @Uchinchi_Sektor Telegram kanaliga ham yuklanadi. Keyingi vebinarlarimizda ishtirok etmoqchi bo’lsangiz, yoki o’zingizning mutaxassisligingiz bo’yicha taqdimot taklif eta olsangiz biz bilan bog’laning.

Aksiyalar

ITM klubida bitiruvchilarimizning o’z tashabbuslari bilan har xil ijtimoiy dolzarb mavzularda 2-3 kunlik onlayn aksiya tabdirlar tashkil etiladi. Aksiyalar maqsadiga ijtimoiy tarmoqlardagi o’zbekistonlik foydalanuvchilar orasida tanlangan mavzu va masala haqida bilim va habardorliklarini oshirish, ularni ijtimoiy faollikka undash va ko’tarilgan muammoning yechimlariga birgalikda izlanishlar kirishi mumkin. Shuningdek, aksiyalar jarayonida ishtirokchilarimiz moderatorlik, yetakchilik, jamoada ishlash va uni boshqarish, ijtimoiy tarmoq imkoniyatlaridan samarali foydalanish mahoratlarini sinab ko’radilar. O’tgan aksiya mavzulari bilan tanishishni istasangiz, bu yerga kiring.

Bitiruvchilar faoliyatidan

ITM klubida turli sohalarda o’qib, ish faoliyatini yuritayotgan ilg’or ijtimoiy tadbirkorlar bor. Ular qaysi sohada bo’lmasin yurtimiz ravnaqiga, jamiyatimiz rivojiga o’z hissalarini qo’shib kelmoqdalar. Kimdir chekka qishloq joyda yoshlar uchun resurs markazini ochsa, yana kimdir sog’liqni saqlash tizimini yaxshilash uchun foydali dasturlar yaratmoqda. Yana kimdir ijtimoiy hayotga oid blogpost yuritsa, boshqasi kitobxonlar to’garagini tashkil etmoqda. Ushbu turkumda biz ITM kursini bitirgan ishtirokchilarimizning kurslardan olgan bilimlarini hayotlari va professional faoliyatlarida qanday tadbiq etayotganliklari haqida yoritib boramiz. Siz ham bitiruvchimisiz? Yutuqlaringiz bilan bo’lishishni istaysizmi? Albatta, bizga yozib yuboring

Klub haqida

2014 yilda tashkil topgan bu guruh, bugunga qadar yuzdan ortiq ishtirokchilarga ega. Ishtirokchilar Maktabning turli kurslarini turli paytlarda bitirgan. Bugunga kelib turli yo’nalishlarda ishlab, har xil davlatlarda o’qib yoki ish faoliyatini davom ettirishmoqda. Guruhimizning kontingenti qaysi soha yo’nalishida bo’lmasin, O’zbekistondagi ijtimoiy tadbirkorlik va ijtimoiy masalalarga alohida qiziqish va tashabbus bilan yondashishadi.  Shuning uchun, bu klub o’z-o’zini boshqarish mohiyatiga ega, ya’ni guruhning ehtiyojiga qarab turli ijtimoiy mavzularda foydali tadbirlar o’tkaziladi. Guruh o’zaro bir-biriga mutaxassisliklari, davlat qonunchiligi, ijtimoiy, iqtisodiy, amaliy fikr-mulohazalarini bo’lishishadi. Ishtirokchilar onlayn boshlangan guruhdan, hayotda ham uchrashib do’stlashib ketishgan hollar ko’p uchraydi.

Klub sizga nima beradi?

Ijtimoiy Tadbirkorlik Maktabi onlayn kurslarimizning bitiruvchilari uchun O’zbekistonda ham uchrashuvlar tashkil etib turadi. Ishtirokchilar ba’zi kurs instruktorlari bilan bugunga qadar do’stlik, ustoz-shogird va mentorlik munosabatlarini davom ettiradi.

ITM klubi har oy turli davlatlarda faoliyat olib borayotgan o’z sohasining mutaxassislari bilan turli ijtimoiy dolzarb mavzularda vebinarlar va boshqa onlayn tadbirlar tashkil qilib turadi. Onlayn aksiyalar, vebinarlar, treninglar va yuzma yuz uchrashuvlar taklif qilamiz. Undan tashqari ishingizda taqdimot tayyorlash va o’qishingizda tadqiqot yozish, ishga rezyume tayyorlash, konferensiyaga tayyorlanish, o’qishga topshirish, biznes reja va grant loyiha yozishda ishtirokchilarimizni Mentorlik dasturi asosida qo’llab-quvvatlaymiz. Klubimizda tez-tez Uchinchi_Sektor telegram kanali orqali ijtimoiy mavzular bo’yicha turli tanlovlarda ishtirok etib g’olib bolish imkoniyatiga ega bo’lasiz.