ITM klubi haqida

Klub haqida

2014 yilda tashkil topgan bu guruh, bugunga qadar yuzdan ortiq ishtirokchilarga ega. Ishtirokchilar Maktabning turli kurslarini turli paytlarda bitirgan. Bugunga kelib turli yo’nalishlarda ishlab, har xil davlatlarda o’qib yoki ish faoliyatini davom ettirishmoqda. Guruhimizning kontingenti qaysi soha yo’nalishida bo’lmasin, O’zbekistondagi ijtimoiy tadbirkorlik va ijtimoiy masalalarga alohida qiziqish va tashabbus bilan yondashishadi.  Shuning uchun, bu klub o’z-o’zini boshqarish mohiyatiga ega, ya’ni guruhning ehtiyojiga qarab turli ijtimoiy mavzularda foydali tadbirlar o’tkaziladi. Guruh o’zaro bir-biriga mutaxassisliklari, davlat qonunchiligi, ijtimoiy, iqtisodiy, amaliy fikr-mulohazalarini bo’lishishadi. Ishtirokchilar onlayn boshlangan guruhdan, hayotda ham uchrashib do’stlashib ketishgan hollar ko’p uchraydi.

Klub sizga nima beradi?

Ijtimoiy Tadbirkorlik Maktabi onlayn kurslarimizning bitiruvchilari uchun O’zbekistonda ham uchrashuvlar tashkil etib turadi. Ishtirokchilar ba’zi kurs instruktorlari bilan bugunga qadar do’stlik, ustoz-shogird va mentorlik munosabatlarini davom ettiradi.

ITM klubi har oy turli davlatlarda faoliyat olib borayotgan o’z sohasining mutaxassislari bilan turli ijtimoiy dolzarb mavzularda vebinarlar va boshqa onlayn tadbirlar tashkil qilib turadi. Onlayn aksiyalar, vebinarlar, treninglar va yuzma yuz uchrashuvlar taklif qilamiz. Undan tashqari ishingizda taqdimot tayyorlash va o’qishingizda tadqiqot yozish, ishga rezyume tayyorlash, konferensiyaga tayyorlanish, o’qishga topshirish, biznes reja va grant loyiha yozishda ishtirokchilarimizni Mentorlik dasturi asosida qo’llab-quvvatlaymiz. Klubimizda tez-tez Uchinchi_Sektor telegram kanali orqali ijtimoiy mavzular bo’yicha turli tanlovlarda ishtirok etib g’olib bolish imkoniyatiga ega bo’lasiz.