KBS

Ijtimoiy Tabdirkorlik Maktabi qanday maktab?

Ijtimoiy Tadbirkorlik Maktabi o’zbek tilidagi birinchi onlayn maktab bo’lib, ijtimoiy tadbirkorlikka oid turli onlayn kurslarni taqdim etadi. Maktab faoliyati haqida “Biz haqimizda” sahifasidan batafsil o’qing.

Ijtimoiy Tadbirkorlik Maktabining tashkilotchilari kim?

Ijtimoiy Tadbirkorlik Maktabi jamiyatimiz rivojiga hissa qo’shish istagida bo’lgan tajribali o’zbek mutaxassislar tomonidan tashkil qilingan va ularning kichik moliyaviy hissalari asosida yuritiladi . Maktab tashkilotchilari dunyoning turli davlatlaridan, jumladan O’zbekiston, Avstraliya, Yevropa davlatlari, Kanada va AQShdan turib faoliyat olib borishadi.

Ijtimoiy Tadbirkorlik Maktabi qayerda joylashgan?

Internet texnologiyalarining jadal rivojlanishi o’quv tizimining yangicha ko’rinishiga asos soldi va onlayn platformalarni tashkil qilishda jismoniy manzilga ega bo’lish ehtiyoji qolmadi. Bizning doimiy virtual manzilimiz www.itmuz.uz, va email manzilimiz [email protected]

Ijtimoiy Tadbirkorlik Maktabining asosiy maqsadi nima?

Maktabning asosiy maqsadi o’zbek tilida ijtimoiy tadbirkorlik va loyiha yozis bo’yicha zamon talablariga mos qo’llanmalarni yaratish va qisqa muddatli kurslarni tashkillashtirishdan iborat. Kurslarimiz yosh yetakchilar o’z innovatsion go’yalarini yaratishlariga zamin yaratadi.

Maktabda qanday kurslar va treninglar mavjud?

Maktabda o’qitiladigan kurslar bilan vebsaytimizning Faoliyatimiz bo’limida batafsil o’qing.

Men maktab faoliyatiga qanday hissa qo’shsam bo’ladi?

Maktabimiz ko’ngillilar uchun doimo ochiq! Siz maktab faoliyatiga hissa qo’shmoqchi bo’lsangiz maktab sayti uchun maqola, blog yoki ijtimoiy tadbirkorlik bo’yicha resurslar va qo’llanmalar yozishingiz, Facebook sahifamizda faol ishtirok etib, qiziqarli muhokamalarni olib borishingiz mumkin. Bulardan tashqari qo’shimcha takliflaringiz bo’lsa, maktab ma’muriyatiga [email protected] manziliga xat yuboring.

Kurslar pullikmi?

Yo’q, kurslar barchaga bepul

“Ijtimoiy tadbirkor” kim?

“Ijtimoiy tadbirkor” – bu o‘z atrofidagi ijtimoy zaruratlar va ehtiyojlarga sezgir bo‘lgan va ushbu zaruratlarga innovatsion va barqaror yechim topib, ularni amalga oshirgan shaxsdir. Boshqa so’zlar bilan aytganda, ijtimoiy tadbirkor boshqalar faqat muammoni ko‘rgan joyda, u imkoniyat ko’radi va ushbu imkoniyatni butun jamiyatga foyda keltiradigan loyihalarga aylantiradi.

Saytingiz uchun blog yozmoqchiman, qanday mavzuda bo’lishi kerak?

Maktab vebsayti uchun yoziladigan bloglar sog’liq saqlash, atrof-muhit muhofazasi, ta’limni rivojlantirish, tadbirkorlik va bandlik, axborot texnologiyalari va boshqa turli ijtimoiy mavzular haqida bo’lishi mumkin.