Kurslar bo’yicha KBS

Kurslarga kim yozilishi mumkin?

Ijtimoiy tadbirkorlikka qiziqishi bor va ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishni maqsad qilganlar;

Ijtimoiy tadbirkorlikni rivojlantirmoqchi bo‘lganlar;

Jamoat tashkilotlarining xodimlari;

Tadbirkorlik sohasida ishlaydigan va o‘z xizmatlarini jamiyat foydasiga yo‘naltirmoqchi bo‘lganlar;

Uchinchi sektorda faoliyat olib borayotgan xodimlar va volontyorlar;

O‘z bilim va qobiliyatlarini yanada kuchaytirmoqchi bo‘lgan ishbilarmon yoshlar.

Kurslarga qayerda yozilsam bo‘ladi (registratsiya)?

Kursga yozilish uchun kurs e’loni berilgan sahifadagi ariza bo’limning shaklini to’ldiring. Arizani to’ldirib topshirganingizdan so’ng email manzilingizga tasdiqlovchi xat olasiz. Agar sizga xat kelmasa [email protected] manziliga murojaat qiling.

Kurslarda o’qish tartibi qanday?

Kurslar onlayn tashkil etilgan bo’lib har bir kurs 6-8 hafta davom etadi. Kurslarda haftalik yozma vebinarlar o’tkaziladi va bu vebinarlar  odatda 1 soat davom etadi. Kurs davomida ishtirokchilar boshqa ishtirokchilar va instructor bilan o’zaro aloqda bo’lib, bilim va tajriba almashish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Bundan tashqari ishtirokchilar maktabning Facebook va Telegrm guruhida turli muhokamalarda qatnashishlari talab qilinadi.

Men ariza topshirdim, keyingi bosqich nima?

Arizani topshirib bo’lganingizdan so’ng sizning email manzilingizga tasdiqlovchi xat yuboriladi. Barcha arizalar kurs boshlanishidan 2 hafta oldin ko’rib chiqiladi va faqat kursga qabul qilingan ishtirokchilarga email orqali bog’laniladi. Kurs boshlanish muddatini Telegram va Facebook vebsaytimizning guruhida kuzatib boring.

Kurs ishtirokchilari qanday asoslar bo‘yicha tanlanadi?

Kurs ishtirokchilari quyidagi asoslar bo’yicha tanladi:

Nomzodlarning ijtimoiy tadbirkorlikka qiziqishlari;

Atrofdagi ehtiyojlarga befarq bo’lmasliklari;

Kursda o’qishdan maqsadlari va tajribalari;

Ijtimoiy va mahalliy tashabbuslarda faolliklari va yetakchilik mahoratlariga asoslanib tanlanadi. Shuning uchun arizani to’ldirishda barcha savollarga batafsil javob yozishga harakat qiling.

Men ariza to’ldirdim, lekin menga tasdiqlovchi xat kelmadi.

Kurs arizasini to’ldirganda emailingizni to’g’ri kiritganingizga ishonch hosil qiling, chunki barcha muloqotlar faqat siz bergan email orqali olib boriladi. Agar tasdiqlovchi xat olmasangiz, email manzilingizning Spam (Junk) bo’limlarini tekshirib ko’ring. Agar qo’shimcha yordam kerak bo’lsa, maktab ma’muriyatiga [email protected] manziliga xabar yuboring.

“Siz bu arizani oldin to’ldirgansiz” degan yozuv chiqyapti, nima qilay?

Har bir kursga faqat 1 marta ariza to’ldirishingiz mumkin. Agar “siz ushbu arizani oldin to’ldirgansiz” degan xabar chiqsa, demak siz oldin ariza topshirgansiz. Agar arizaga qo’shimcha ma’lumot kiritmoqchi bo’lsangiz maktab ma’muriyatiga bog’laning.

Kursga muddatidan kech ariza topshirdim, men kursga qabul qilinamanmi?

Muddatidan kech topshirilgan arizalar keyingi kurslar ro’yxatiga kiritiladi. Keyingi kurslar jadvalini vebsaytimizni kuzatib boring.

Mening arizam qabul qilinganini qanday bilaman?

Kurs boshlanishidan taxminan 2 hafta oldin maktab ma’muriyati faqat kursga qabul qilingan ishtirokchilar bilan email orqali bog’lanadi.

Kurs boshlanish kuni o’tdi, lekin menga kurs natijasi haqida xabar kelmadi.

Kursga juda ko’p arizalar qabul qilganimiz sababli faqat kursga qabul qilingan ishtirokchilargagina bog’lanamiz. Agar kursga qabul qilinmagan bo’lsangiz, boshqa kurslarga topshirishni tavsiya etamiz. Kursga qabul qilmaslikning asosiy sababi arizangizda yetarli ma’lumotning bo’lmasligi. Keyingi kurslarda ariza toshirganda batafsil, aniq va lo’nda javob yozing.

Kursda qatnashish uchun mendan nima talab qilinadi?

Kurslarga qatnashish uchun asosiy talab – bu sizda Internet aloqasi bo‘lishi kerak. Siz o’zingizga qulay bo’lgan joydan (ishxona, uy, internet kafe) kursga qatnashishingiz mumkin. Kurs materiallarini kompyuteringizga yuklab olib qulay paytda o‘qishingiz va vazifalarni bajarishingiz mumkin. Vebinar muhokamalari uchun Internetga bir yarim soat davomida uzluksiz bog‘langan bo‘lishingiz kerak bo‘ladi. Har bir kurs sizning ijtimoy loyihangizga bog’liq bo’ladi, shuning uchun kurs davomida instruktor ko’rsatmalari asosida mustaqil ravishda ish olib borishingiz kerak bo’ladi.

Kurslarga qatnashishda shaxsiy kompyuterim bo’lishi shartmi?

Yo’q, siz kurslarga o’zingizga qulay bo’lgan va Internet tarmog‘iga ulanish imkoniyati bor tinch joydan kirishingiz mumkin. Internet kafe, ishxona, yoki shahardagi ba’zi bilim yurtlari va jamoat tashkilotlarining resurs markazlaridan ham foydalanishingiz mumkin.

Kurslar qayerda olib boriladi?

Kurslar maktab instruktori tomonidan tashkilllangan onlayn Telegram guruhida muhokamalar olib boriladi va zoom.us platformasida jonli vebinar sifatidan olib boriladi.  Kursga qabul qilingan har bir ishtirokchilarga zoom.us va Telegram guruhidan foydalanish ko’rsatmasi email orqali yuboriladi.

Kurslar qachon boshlanadi?

Kurslar ma’lumotini vebsahifamiz va Telegram Uchinchi_Sektor kanalida topasiz. Kurs ma’lumotlari yangilanib turadi. Maktab vebsahifamizni tez-tez kuzatib boring.

Kurs qancha vaqt davom etadi?

Xar bir kurs 6 (olti) haftadan 8 (sakkiz) haftagacha davom etadi. Istisno hollarda kurslar 1 yoki 2 haftaga uzaytirilishi mumkin.

Kurslarda qatnashish uchun qanday kompyuter dasturlariga ega bo‘lishim kerak?

Kurslarga kirish uchun Internet tarmog‘iga ulangan bo‘lishingiz kerak. Kurs matnlari asosan Microsoft WORD va PDF shaklida saqlangan. PDF hujjatini o‘qish uchun Adobe Reader dasturini bepul ravishda yuklab olishingiz mumkin.

Telefondan kursga qatnashish mumkinmi?

Maktab saytiga ham, zoom.us platformasiga ham telefon orqali kirishingiz mumkin. Maktab sayti aqlli telefonlar (smartphone) va planshetlar uchun ham moslashtirilgan.

Audio yoki video aloqa uskunalari bo‘lishi shartmi?

Kurslarda qatnashish uchun audio va video uskunalar bo‘lishi shart emas. Kursdan tashqari faoliyatlarda ba’zan audio uskunalar (naushnik va mikrofon) kerak bo’lishi mumkin.

Agar texnik yordam kerak bo‘lsa, qayerga murojaat qilsam bo‘ladi?

Barcha savollar va texnik yordam bo‘yicha [email protected] manziliga murojaat qiling.

Kurslar qaysi tilda o‘qitiladi?

Kurslar o‘zbek tilida olib boriladi, lekin instruktorlarimiz rus va ingliz tillarida ham bemalol so’zlasha oladilar.

Kurslarga pullikmi?

Yo‘q, kurslar barchaga bepul.

Mening shaxsiy ma’lumotlarimni kim ko’rishi mumkin?

Siz ariza topshirish jarayonida taqdim etgan ma’lumotlaringiz faqat ijtimoiy tadbirkorlik maktabning ichki tizimida saqlanadi va hech bir uchinchi shaxs/tashkilotga taqdim etilmaydi.

Kurslar kim tomonidan o‘qitiladi?

Kurslar O’zbekiston va chet davlatlardagi nufuzli oliy ta’lim muassasalarida tahsil olgan yuqori tajribali mutaxassislar tomonidan o‘qitiladi.

Darslar uchun qancha vaqt ajratishim kerak?

Darslar bilan batafsil tanishish, vazifalarni bajarish va muhokamalarda ishtirok etish bir haftada o’rtacha 4 soat vaqt talab qiladi.

Xaftalik darslar kunning ma’lum bir vaqtida bo‘ladimi?

Kurs vebinarlari kelishilgan ma’lum bir vaqtda olib boriladi, qolgan vazifalarni o’zingizga qulay bo’lgan paytda berilgan muddatgacha topshirishingiz kerak bo’ladi.

Bir vaqtning o’zida ikkita kursga qatnashsam bo’ladimi?

Odatda maktabda 2 kurs bir vaqtda o’qitilmaydi. Agar o’qitilgan taqdirda ham ikkala kursga ham qatnashishingiz mumkin, lekin ikkala kurs talablarini ham bajarishingiz lozim bo’ladi.

Agar ma’lum sabablarga ko’ra vebinarga qatnasha olmasam, o’tilgan darslarni qayta ko’rishim mumkinmi?

O’tilgan vebinar taqdimotlari kursning Telegram guruhiga joylashtiriladi, u yerdan yuklab olib o’qishingiz mumkin.

Nima asoslar bo‘yicha kursdan chiqarilishim mumkin?

Agar ketma ket 2 haftalik darslarni uzrli sabablarsiz qoldirsangiz, siz kursdan chiqarilasiz.

Kursni tamomlagandan so‘ng sertifikat beriladimi?

Ha, har bir kursni muvafaqqiyatli tamomlagan ishtirokchiga Ijtimoiy Tadbirkorlik Maktabidan sertifikat beriladi. Buning uchun kursning barcha talablari qondirilishi kerak.

Kursni muvaffaqiyatli tugatganimdan so’ng sertifikatni qayerdan olaman?

Kurslarni a’lo darajada biritgan ishtirokchilarga a’lo darajali sertifikat beriladi, va uning asl nusxasi ishtirokchilarning uy manzillariga yuboriladi. Kurs talablarini qoniqarli darajada bitirgan ishtirokchilar esa sertifikatning faqat elektron versiyasini email orqali qabul qilishadi.

Kurs davomida maktab bilan qanday aloqa usullaridan foydalanish afzal?

Kurs davomida va kursdan tashqari maktab ma’muriyatiga email, Facebookda xabarlar bo’limi, Telegram yoki telefon orqali bog’lanish mumkin.

Kurslarni bitirgandan so’ng maktab bilan yaqin aloqada qolish uchun qo’shimcha dastur mavjudmi?

Kursni muvaffaqiyatli bitirgan ishtirokchilar Ijtimoiy Tadbirkorlar (IT) Klubiga qabul qilinadi. Bu klubda turli sohalardagi mutaxassislar bilan muloqotlar olib boriladi hamda ishtirokchilar boshqa bitiruvchilar bilan o’zaro fikr almashib turish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Bu dasturlar haqida batafsil ma’lumotni saytimizning Faoliyatimiz bo’limida o’qing.