Kurslar

Ijtimoiy Tadbirkorlik Maktabida o‘qitish jarayoni zamonaviy masofaviy o‘qitish usulida olib boriladi. Kurslar xalqaro standartlar asosida yaratilgan va O‘zbekiston sharoitiga moslashtirilgan. Kurslarimiz ishtirokchilarning yetakchilik va boshqarish, shu bilan birga, loyihalarni tuzish va samarali amalga oshirish qobiliyatlarini kuchaytirishga yo‘naltirilgan.

Kurslarimiz barchaga bepul. Kurslarga yozilish uchun saytdagi e’lonlarimizni kuzatib boring va e’londa berilgan Ariza shaklini to‘ldiring. Facebook sahifamiz va Telegramda @Uchinchi_Sektor kanaliga qo’shilib doimiy ravishda yangi kurs va treninglar e’lonidan xabardor bo’ling.

Ijtimoiy faollik va onlayn media

Kursning asosiy maqsadi blogerlikka qiziqadigan, ijtimoiy hayotda faol bo’lgan yoshlarga shu sohada zarur nazariy va amaliy bilimlar berib, ularning onlayn media faoliyatini o’zlari va keng jamoatchilik uchun yanada foydali bo’lishini ta’minlash.

Kursning asosiy maqsadi blogerlikka qiziqadigan, ijtimoiy hayotda faol bo’lgan yoshlarga shu sohada zarur nazariy va amaliy bilimlar berib, ularning onlayn media faoliyatini o’zlari va keng jamoatchilik uchun yanada foydali bo’lishini ta’minlash.

Ariza muddati:

3-iyun

Kursning boshlanish kuni:

10-iyun

Kurs haqida:

“Ijtimoiy faollik va onlayn media” kursi to’rt hafta davom etib, unda blog yaratish, bloglardan foydalanish va ular uchun multimedia materiallarini tayyorlash hamda shu orqali ijtimoiy faol bo’lish yo’llari o’rgatiladi. Bu jurnalistika kursi emas, ammo unda jurnalistikaga oid yozish va axborot yetkazish malakasi bo’yicha amaliy va nazariy bilimlar beriladi. Kurs davomida ijtimoiy faollik va yetakchilik, tahliliy fikrlashning ahamiyati hamda onlayn platformalardan foydalangan holda multimedia mahsulotlarini tayyorlash va o’quvchilarga yetkazishda bu ko’nikmalarning o’rni kabi mavzular qamrab olinadi.

Kurs va unga qo’shimcha tarzda o’tkaziladigan amaliy mashg’ulotlarda blogerlik faoliyati, onlayn platformalar uchun ta’sirchan va samarali yozish sirlari, audio, foto va video orqali multimedia hikoyalarini tayyorlash hamda internetdan xavfsiz foydalanish yo’l-yo’riqlari haqida ma’lumot beriladi.

Kim uchun:

Kurs bepul va barcha uchun ochiq. Unda qatnashish uchun blogerlik, multimedia yoki jurnalistika bo’yicha tajribaga ega bo’lish shart emas, ammo qatnashchilar intensiv kurs materiallarini muvaffaqiyatli o’zlashtirishi va topshiriqlarni bajara olishi uchun quyidagi minimum talablarga javob berishi kerak:

  • Internetga ulangan kompyuter (yoki noutbuk)dan foydalanish imkoniyatiga ega bo’lishi;
  • Video va rasmga tushira oladigan, Android yoki iOS tizimida ishlovchi telefon yoki planshetga ega bo’lishi (yoki foto va videokameraga ega bo’lishi);
  • Internetdan mustaqil foydalanishni bilishi;
  • Ommabop ijtimoiy tarmoqlardan boxabar bo’lishi;
  • O’zbek yoki rus tilida o’z fikrini jiddiy imloviy va uslubiy xatolarsiz yozma ravishda ifodalab bera olishi;
  • Blogerlik faoliyati uchun kerak bo’ladigan platformalarni tushunib ishlata olishi uchun internetda ishlashning asosiy texnik qoidalaridan (masalan, brauzerlardan, onlayn qidiruv xizmatlaridan mustaqil foydalanishni; ijtimoiy tarmoqlarda va elektron pochta xizmatlarida ro’yxatdan o’tishni bilish) boxabar bo’lishi kerak.

Kursdan maqsad:

Kursni tashkil etishdan maqsad blogerlikka qiziqadigan, ijtimoiy hayotda faol bo’lgan yoshlarga shu sohada zarur nazariy va amaliy bilimlar berib, ularning onlayn media faoliyatini o’zlari, o’quvchilari va keng jamoatchilik uchun yanada foydali bo’lishini ta’minlash. Kursda blog va onlayn media mahsulotlarini tayyorlash va tarqatishning nafaqat texnik va professional jihatlari o’rgatiladi, balki bu bilim va malakalardan foydalangan holda ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan mavzularni yoritish targ’ib qilinadi.

Ushbu kursni muvaffaqiyatli tamomlagan qatnashchilar:

  • Internetdagi eng ommabop platformalardan birida mustaqil blog ochish va yuritishni o’rganadi;
  • Istalgan mavzuda ishonarli va ta’sirchan yozish sirlari bo’yicha saboq oladi;
  • Tahliliy fikrlash qobiliyatini shakllantiradi;
  • Audio hamda foto va video tasvirlar olish, ularni kerakli dasturlar yordamida tahrir qilib, bepul va ommabop xosting xizmatlari orqali o’z bloglariga joylashtirish va tarqatishni o’rganadi;
  • Internetdan xavfsiz foydalanish yo’l-yo’riqlari haqida tushunchaga ega bo’ladi;
  • Internet orqali o’quvchilari va keng auditoriya bilan samarali aloqa o’rnatish va ularga o’z media mahsulotlarini targ’ib qilish yo’l-yo’riqlarini o’rganadi. 

Kursga yozilish uchun ariza formasini to‘ldirishingiz­ kerak. Anketani topshirganingizdan so’ng, email manzilingizga tasdiqlovchi xat boradi. Agar tasdiqlovchi xat kelmasa, [email protected] manzili orqali bizga bog’laning.

Kurs sahifasiga kirish va undan foydalanish bo‘yicha to‘liq ma’lumot kursga qabul qilingan ishtirokchilarga email orqali yuboriladi.

Kursni muvaffaqiyatli tugatgan ishtirokchilarga sertifikat beriladi.

KURS JADVALI

Kursning haftalik mavzulari quyidagicha:

1-hafta: Kirish. Ijtimoiy faollik va tahliliy fikrlash nima? Ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlashda va blogerlik faoliyatida ularning qanday ahamiyati bor?

2-hafta: Yozish mahorati. Qanday qilib ta’sirchan, ishonchli va samarali yozish mumkin? Internet uchun yozishning qanday o’ziga xos jihatlari bor?

3-hafta: Blogerlik bilan tanishuv. Bloglarni qanday yaratish va yuritish bo’yicha asosiy tushunchalar;

4-hafta: Virtual auditoriya. O’quvchilar yig’ish, ular bilan doimiy aloqada bo’lish va blog materiallarini ijtimoiy tarmoqlarda targ’ib qilish yo’llari.