Aksiyadan maqsad: Yoshlikni tarannum qiluvchi fotolavhalarni baham ko’rish bilan yoshlarda ijodkorlik, faollik, yetakchilik, mardlik, go’zallik, uddaburonlik va shijoatkorlikni targ’ib qilish.
YOSHLIGIMDAN 1KUN AKSIYA SHARTLARI VA UNDA ISHTIROK ETISH QOIDALARI:
‘YOSHLIK’ so’zini eshitganingizda atrofingizdagi qanday tasvirlar, holatlar, faoliyat-mashg’ulotlar, tabdirlar, odamlar, kundalik turmush tarzi, hikoyalar gavdalanadi? Kundalik hayotingizda yoshlikni tasvirlab olingan rasmlaringizni aksiyamiz davomida Facebook aksiya sahifamizga joylab boring va tanlovda ishtirok eting. Ishtirokchilar kun bo’yi har 1-2 soatda yangi post qo’yib borishlari mumkin.
Quyidagi yo’nalish chop qilingan rasm va rasmlar mualliflari taqdirlanadi.
- Eng original rasmlar muallifi;
- Eng ijodiy rasmlar muallifi;
- Ijtimoiy faollikni targ’ib qiluvchi rasmlar muallifi;
- Eng ko’p “like” yiqqan rasm(lar) muallifi.
Rasmlar quyidagi shartlarga javob berishi kerak:
- “Selfie” yoki kundalik hayotingizda sodir bo’layotgan atrof-muhit rasmi
- Original olingan (biror joydan ko’chirilmagan)
- Original gap/she’r/nom/hikoya bilan tasvirlangan (14-16-aprel kunlari olingan)
- #YOSHLIGIMDAN1KUN heshtegi ostida post qilingan.
YOSHLIGIMDAN 1KUN aksiyasi 14-16-aprel kunlari Facebook ijtimoiy tarmog’ida o’tkaziladi.