Mentorlik dasturi haqida

Ijtimoiy Tabdirkorlik Maktabi kurslarini bitirgan ishtirokchilarning faoliyatlarini qo’llab-quvvatlashni davom ettirish maqsadida Mentorlik dasturini tashkil etgan. Mentorlik dasturi dunyoning ilg’or universitetlari va tashkilotlari tomonidan ko’p yillar davomida muvaffaqiyatli amalga oshirib kelinmoqda. Ushbu dastur yosh tadbirkorlarga o’z maslahatlari va tajribalari bilan yordam bermoqchi bo’lgan mutaxassislar (mentorlar) va yosh tadbirkorlarni o’zaro hamkorligini yo’lga qo’yishni nazarda tutadi.

Ijtimoiy Tadbirkorlik Maktabida mentorlik atamasi yosh tadbirkor va tajribali mutaxassis o’rtasidagi o’zaro fikr va tajriba almashuv jarayoni, va yosh tadbirkorni rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash munosabatlarini ifodalaydi. Ushbu munosabatda tajribali mentor, yosh tadbirkorga o’z salohiyatini yanada oshirish va loyihasini hayotga muvaffaqiyatli tadbiq etish uchun yordam beradi. Mentor yosh tadbirkorda tanqidiy fikrlashni rivojlantirish, masalaga ijodiy yondashish va boshqa ijobiy xislatlarini rivojlantirishda yordam berishi nazarda tutilgan. Ushbu jarayon o’zaro hurmat va ishonch tamoyillariga asoslangan ikki tomonlama munosabatlar asosida amalga oshadi. Dastur davomida mentorlarimiz ham o’z salohiyatlarini rivojlantirish, o’zaro hamkorlik faoliyatini amalga oshirish, yetakchilik sifatlarini namoyish qilish va yangi loyihalarda ishlash imkoniyatiga ega bo’ladi.

Ushbu dastur masofaviy ravishda amalga oshirilishi mentorlarimiz va yosh tadbirkorlarimizga qo’shimcha imkoniyatlarni taqdim etadi. Ya’ni, dasturda qatnashish vaqti tejaladi, va dasturda qatnashish vaqti faqat o’zaro hamkorlikka sarflanadi. Shuningdek, dunyoning turli xil joylarida yashayotgan insonlarni o’zaro bir-biri bilan bog’lash va tajriba almashish imkonini yaratadi.

Dasturimizda qatnashayotgan yosh tadbirkorlarning loyiha g’oyalari, yangi ish o’rinlarini tashkil etish, imkoniyati cheklangan va nogiron insonlar uchun shart-sharoitlar yaratish, yosh bolalarning rivojlanishi uchun inklyuziv ta’lim markazlari tashkil etish, muqobil energiya manbalaridan unumli foydalanish, chiqindini qayta ishlash, O’zbek hunarmandlari ishlab chiqargan mahsulotlarni dunyo bozorida onlayn sotish tarmoqlarini tashkil etish va boshqa turli xil ijtimoiy loyihalardan tashkil topgan.

Shuningdek, 20 ga yaqin o’z kasblarining mutaxassislari bo’lgan, dunyoning ilg’or oliygohlarida ta’lim olgan va turli yo’nalish va sohalarda bilim va tajribaga ega bo’lgan mentorlarimiz yoshlarga ko’ngilli ravishda yordam berishga tayyor turibdi.

Siz ham ushbu mentorlarimiz qatoriga qo’shiling, o’z tajribangiz va bilimingiz bilan yosh tadbirkorlarga jamiyat rivoji uchun amalga oshirilayotgan loyihalariga yordam berib o’z hissangizni qo’shing. 

Qo’shimcha ma’lumot uchun biz bilan bog’laning.