Maqsad:
- Odamlarga o’z maqsadingizni xatda aniq ifoda qila olish;
- Ularni biror chora ko’rishga undash.
Biznes xatining qismlari
Jo’natuvchining manzili Jo’natuvchining manzili, odatda, xat yuqorisida (blankada) bo’ladi. U yerda faqat ko’cha nomi, uy raqami, shahar va pochta indeksini ko’rsating.
Sana Sana qatoriga xat yozilgan kun, oy va yil yoziladi.
Oluvchining manzili Ikkinchi manzilga xat oluvchining manzili to’liq yoziladi.
Salomlashish Salomlashishni oluvchining manzilida ko’rsatilgan ism va shaxsiy unvon bilan boshlang.
Xatning asosiy qismi Biznes xatini yozishda fikrlarni qisqa va lo’nda ifodalash juda muhim ekanini esdan chiqarmang. Birinchi satr boshida xatni do’stona ruhda ochib, so’ng asosiy masalani tilga oling. Navbatdagi paragrafda asosiy masalaning nima uchun muhimligini tushuntirishingiz kerak. Keyingi paragraflarda qo’shimcha detallar va mavzuga aloqador ma’lumotlarni keltirib, xatda ko’tarilgan masalaning muhimligini tushuntirishda davom eting. Oxirida bu xatni yozishdan maqsadingizni yana bir bor esga olib, lozim bo’lsa, bunga javoban biror chora ko’rilishini so’rashingiz kerak.
Xulosa Birinchi so’zni katta harflar bilan yozing (masalan, Katta rahmat). Xulosa so’zi va jo’natuvchining ismi va imzosi o’rtasida to’rt qator bo’sh joy qoldiring.
