Sog’lom hayot uchun!

Maqsad: millat genofondini saqlash, yosh avlod sog’lig’ini muhofaza qilish borasida ishlarni qo’llab-quvvatlash, yoshlar o’rtasida sog’lom turmush tarzini keng targ’ib qilish, OIV/OITS, giyohvandlik va jinsiy yo’llar orqali yuqadigan kasalliklarini hamda OIV musbat (OIV/OITSga chalingan) shaxslarga nisbatan stigma va diskriminatsiyani oldini olish.

Qisqa ma’lumot: bu loyiha doirasida Sirdaryo viloyatining barcha tuman va shaharlarida “Tengdor-tengdoshga” tamoyili asosida ko’ngilli targ’ibotchilar guruhi shakllantirilib, viloyatdagi barcha ta’lim muassasalari, mahallalar, mehnat jamoalari, aholi hamda OIV musbat yoshlar orasida malakali psixologlar ishtirokidagi uchrashuvlar, informatsion mini-sessiyalar, seminar-trening va ko’ngillilar tomonidan tayyorlangan spektakli targ’ibot ishlari amalga oshiriladi. Loyiha parallel ravishda OIV musbat (OIV/OITSga chalingan) hamda aholi orasida olib boriladi.

Ushbu loyiha eksperiment tarzida qisqa muddat ichida amalga oshirilib, ijobiy natija berdi.  

Hozirgi kunda, Fazliddin loyihaga malakali mutaxassislarni va yosh yetakchilik qobilyatiga ega faol yoshlarni jalb qilish hamda yetakchilar sonini ko’paytirish ustida ish olib bormoqda.

-Fazliddin Turakulov