Soxta xabarlarga qarshi kurashamiz! #StopFakeUz

2018 yil, 20 – 22-iyul kunlari Ijtimoiy Tadbirkorlik Maktabining Facebook sahifasida navbatdagi qiziqarli aksiya tashkil etildi.

Aksiyadan maqsad: “Soxta xabarlarga qarshi kurashamiz!” nomli uch kunlik onlayn tadbirda #StopFakeUz heshtegi bilan zamonamizning dolzarb masalasi, ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqaladigan soxta xabar/yolg’on yangilik, ma’lumot va e’lonlarni ajrata olish, aldanib qolmaslik va ularning tarqalishini oldini olish yo’llari tahlil qilishdan iborat.

Biz Facebookdagi ommaga shunday savollar bilan murojaat qildik: Siz soxta ma’lumotlarni ajrata olasizmi? O’zingizni aldanib qolishdan qanday himoya qilasiz? Qanday soxta xabarlarga duch kelgansiz va ularni qanday aniqlagansiz?

Uch kun ichida mana shu savollarga ommaviy va tahliliy javoblari berilib, test sinovlari o’tkazildi. Tadbir qiziqarli va foydali ma’lumotlar, taqdimot, so’rov va jonli suhbatlar tarzida o’tkazildi. Facebookda ishtirokchilar o’z postlarini #StopFakeUz heshtegi bilan bo’lishishdi. Aksiya Facebookdan o’tib Telegram guruhlarida ham muhokama qilindi.

Aksiya davomida bir nechta so’rovnomalar turli guruhlarda o’tkazildi. Xalq bilan Muloqot, Maslahat.uz, Qizlar Davrasida, Xalq fikri guruhlarida “Siz kundalik xabarlarni qaysi sayt/kanallardan o’qiysiz? Savoliga 70% ortiq ishtirokchi kun.uz, undan tashqari yana daryo.uz, gazeta.uz, uznews, qalampir.uz saytlarini misol keltirishdi.

Ishtirokchilardan soxta xabarlarni to’g’ri xabarlardan ajrata olish yoki olmasliklarini sinash uchun har kuni ommada keng tarqatilgan soxta va to’g’ri xabarlardan muhokama uchun namunalar berib borildi. Tadbir yakunida ko’rgazmali postlar bilan bo’lishildi.

Tadbirda taniqli bloger, gazeta.uz muxbiri Sanjar Said  hamda barchamizga tanish Troll.uz loyihasining muallifi faol blogerlardan Umid Gafurovlar bilan ushbu mavzuda qiziqarli onlayn uchrashuvlar o’tkazildi. Suhbatlar davomida, mutaxassislarimiz soxta xabarlar va ularning turlari, ularning skammingning farqi, ulardan qanday himoyalanish, aldanib qolganda nima qilish kerakligi va xabarlar manbasini izlash usullari haqida gapirib berishdi. Ishtirokchilarimizning savollari muhokama qilindi va bir qator maslahatlar bo’lishildi. To’liq ma’lumot uchun Facebook sahifamizda tanishing.