Vaqtni boshqarish — maqsadlaringizga o’z vaqtida samarali erishishdir

Vaqtni boshqarish — maqsadlaringizga o’z vaqtida samarali erishishdir

1.            O’y-fikrlaringizni va faoliyatingizni qayd qilib, ularni rejalashtirib oling. Bu natijaga erishish uchun qancha vaqt sarflanganini va samarasiz o’y-fikrlarga qancha vaqt isrof qilinganini tushunish uchun kerak. (Masalan, hafta oxirida Sardor hafta davomidagi faoliyati bo’yicha xulosa chiqardi. Samarali faoliyati natijasida 3 ta muhim uchrashuvni o’tkazdi, haftaning 10 soati tegishli biznes g’oyasini yozishga, 2 soati elektron xatlarni tekshirishga va ularga javob berishga ketdi; 10 soat «Facebook» da o’tirish, 2ta uchrashuv, faoliyatiga bog’liq bo’lmagan masalalarda doimiy xayol surish samarasiz faoliyat mahsuli bo’ldi).

2.            O’zingiz bilan bog’liq uchrashuvlarni rejalashtirib oling. Tadbir qachon boshlanib,  qachon tugashigacha — hammasini rejalashtirish kerak. (Masalan, 1.15dan 1.30ga mahalla qo’mitasida Nigora opa bilan uchrashuv, 1.45dan 2.30gacha uy vazifalarini bajarish, 4.00dan 6.00da gimnastikaga borish va hokazo). Ushbu jadvalga rioya qilishga intiling.

3.            Asosiy natija beradigan o’y-fikrlar, faoliyat va suhbatlar uchun o’z vaqtingingizning kamida yarmini sarflashni rejalashtiring.  (Masalan, Yetakchilik kursidagi loyiham ustida ishlash “Ishq jodusi” serialini tomosha qilishdan ko’ra muhimdir).

4.            Vaqtingizni rejalashtirayotganda sizga halaqit berishlari mumkinligini ham hisobga oling. Nimanidir qilayotganingizda zaxirangizda qo’shimcha vaqt bo’lgani yaxshi. (Masalan, Rustamga jamoa bilan uchrashuvda qo’shimcha vaqt kerak bo’lib qoladi, chunki kimdir u bilan gaplashib ushlab qoladi yoki ishdan tashqari masalada gaplashishni so’raydi. Shuning uchun u uchrashuv vaqtini 2.00dan 3.00ga qadar belgilamasdan, balki 2.00dan 3.15ga qadar belgilashi kerak bo’ladi).

5.            Kuningizning birinchi 30 daqiqasini o’z kuningizni rejalashtirish uchun ajrating.  Kunlik vaqtingizni rejalashtirmaguncha, hech qanday ishga qo’l urmang. Kuningizning eng muhim vaqti vaqtingizni rejalashtirish uchun ajratilgan vaqtdir.

6.            Har bir qo’ng’iroq va vazifani bajarishdan avval besh daqiqa ajratib, undan qanday natijaga erishmoqchi ekanligingizni hal qilib oling. Bu sizga muvaffaqiyat qo’lga kiritilmasdan oldin qanday bo’lishini tasavvur qilishga yordam beradi. Va ayni paytda u vaqtni sekinlashtiradi. Har bir qo  ng’iroq yoki tadbirdan so’ng istalgan natijaga erishilgan yoki erishilmaganini aniqlash uchun o’zingizga besh daqiqa ajrating.

7.            Biror ishni haqiqatda bajarishingiz lozim bo’lganda, “Bezovta qilmang” belgisini osib qo’ying.

8.            Facebook va unga o’xshagan xayolni chalg’itadigan ijtimoiy tarmoq saytlarini, agar ular biznesingizni rivojlantirish maqsadida ishlatilmayotgan bo’lsa, cheklab qo’yish lozim.

9.            Shuni yodda tuting: hamma ishni to’liq bajarib bo’lmaydi. Yana shuni yodda tutingki, 20 foiz o’y-fikrlaringiz, suhbatlaringiz va faoliyatingiz natijalaringizning 80 foizini yaratishi yaxshi imkoniyatdir.