Yo’l xavfsizligi va madaniyati

2016 yil 8-9-10 Fevral kunlari Ijtimoiy Tadbirkorlik Maktabi Facebook sahifasida “Yo’l Havfsizligi va Madaniyati” mavzusiga bag’ishlangan uch kunlik onlayn aksiyasi bo’lib o’tdi. Aksiya tadbir hamkorlarining (Dovezu.uz, carzone.uz, erkak.uz, farzand.uz, Toshkent haydovchilari Facebook guruhi, Obshestvenniy Kontrol Facebook guruhi, Avitsenna.uz) internet vebsaytlari va ijtimoiy tarmoqlari manzilida o’tkazildi.

Aksiya maqsadi: Yo’l harakat xavfsizligi va madaniyatini hamda bu sohadagi masalalarga jamiyat e’tiborini oshirish hamda aniqlangan masalalarga amaliy yechimlar topishdan iborat.

Uch kunlik Aksiya quyidagi savollar bo’yicha tashkilllandi:

Birinchi kun mavzusi: Muammo nimada? Haydovchilar va yo’lovchilar orasida yo’l xavfsizligi madaniyatini oshirishga qanday ehtiyoj bor?

Ikkinchi kun mavzusi: Yo’l harakati xavfsizligi qoidalariga beparvolik va e’tiborsizlik madaniyati shakllanishiga qanday sabablar mavjud?

Uchinchi kun mavzusi: Haydovchilar va yo’lovchilar orasida yo’l harakati xavfsizligi madaniyatidagi muammolarga qanday yechim taklif qilasiz?   

Quyidagi mavzularda onlayn aksiya doirasida 3ta tanlov nominatsiasi e’lon qilindi:

  1. Avtomobillarga yopishtiriladigan stikerlar uchun xavfsizlik madaniyatini oshiruvchi eng yaxshi ommabop yozuv
  2. Aksiya ruhida haydovchilar va yo’lovchilar xavfsizligini targ’ib etuvchi eng ijodiy yondashgan freshmob rasm
  3. Haydovchilar va piyodalar xavfsizligi borasida ko’rsatilgan eng yaxshi va ijodiy yondashgan ijtimoiy faollik

Tanlovga #YXT heshtegidan foydalanilgan postlar hisobga olindi. Natijada 18ta ishtirokchi 2ta fleshmob rasm, 1ta yo’l harakati xavfsizligini oshirish to’g’risida ijtimoiy tadbir va 12ta avtomobillar uchun stiker takliflari bilan ishtirok etdi.

Aksiya ma’lumoti 9.6mindan ortiq Facebook foydaluvchilari e’tiboriga tushdi, 60dan ortiq postlar ulashildi va uch kun davomida 11ta faol ITM bitiruvchilar tomonidan moderatorlik qilindi.

Aksiya yakunida ishtirokchilar ushbu aksiya davomida olgan ma’lumotlariga asoslanib o’z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Masalan, xavfsizlik kamarini taqib yurish, yo’lovchilarga ham xavfsizlik kamarini taqishlarini eslatish, yo’ldan o’tayotib qoidaga rioya qilgan holda o’tish, mashinada har xil jixozlarni ochiq yoyiq qolishiga yo’l qo’ymaslik, yosh bolalar uchun maxsus o’tirg’ichlardan foydalanish, piyodalarga belgilangan o’tish joyidan o’tish, uydagi bolalarga yo’ldan o’tish qoidalarini va xavfsizlik kamarini taqishni o’rgatish kabi xulosalar kelib chiqdi.