Yosh ijtimoiy tadbirkorlarning muvaffaqiyatiga mentor sifatida hissa qo’shing.

Siz o‘zingizni zamonaviy bilimlarga ega, tajribali mutaxassis deb bilasizmi? Xorijiy davlatlarda o‘qiganmisiz? Yaratuvchanlik, g‘ayrat va shijoatga egamisiz? Rezyumeingizni yangi ish va malaka tajribasi bilan boyitishni istaysizmi? Eng muhimi, o‘z bilim va tajribalaringizni yurtdoshlaringiz bilan baham ko‘rishni istaysizmi?

Unda omadim keldi, deyavering!  Ijtimoiy tadbirkorlik maktabi sizni O‘zbekistondagi yosh ijtimoiy tadbirkorlarga mentorlik qilishga taklif etadi! Sizning yordamingiz bilan yosh ijtimoiy tadbirkorlar o‘z sohalarida yetakchilarga aylanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Maktab yoshlarga ijtimoiy tadbirkorlik haqida o‘zbek tilida onlayn ta’lim beradigan birinchi maktabdir. Kurs bitiruvchilarining nazariy bilimlarini amaliyotga tadbiq etish, ularning ilmiy va tajribaviy resurslarini yanada boyitish uchun Ijtimoiy Tabdirkorlik Maktabi mentorlik dasturini tashkil qildi.

Mentorlik qilish uchun ijtimoiy tadbirkor bo‘lish, bu sohadan xabardor yoki shu yo‘nalishda o‘qigan bo‘lishingiz shart emas. Biz istalgan yo‘nalish bo‘yicha tajriba va malakaga ega mutaxassislarni mentorlik dasturiga qabul qilamiz. Chunki talabalar har xil soha vakillari bo‘lib, turli yo‘nalishlarda faoliyat yuritgan tajribali yurtdoshlarning yordamiga ehtiyoj sezmoqdalar.

Mentorlik nima?

Mentorlik bu tajribali insonning ma’lum bir sohada endigina birinchi qadamini boshlagan yoshlarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishi va maslahat berishi degani.  Mentorlik “ustoz va shogird” ma’nosiga o‘xshash bo‘lsada, lekin u qisqa vaqt davom etadi va ma’lum bir masala bo‘yicha bir martalik maslahat yordami bo‘lishi ham mumkin.

Siz bugungi kundagi muvaffaqiyatlaringizga erishishingizga ko‘plab insonlarning mehnati singgan, shunday emasmi? Mentorlik dasturini ochishdan maqsadimiz ham shu. Sizdek muvaffaqiyat qozonishni istaydigan va buning uchun yetarli salohiyatga ega, ammo kimningdir yo‘l ko‘rsatishiga muhtoj bo‘lib turgan yoshlar sizdek tajribali mutaxassisning maslahatiga juda muhtoj. Bu yoshlarning ham siz erishgan marralarga chiqishini istaysizmi? O‘zbekistonning turli shahar va qishloqlarida yashayotgan yoshlarning hayoti, muammolari va qiziqishlari hamda imkoniyatlari haqida xabardor bo‘lishnichi? Agar chet elda yashayotgan bo‘lsangiz, mentorlik o‘z vatandoshlaringiz va madaniyatingiz bilan qayta bog‘lanishingiz uchun katta imkoniyat yaratadi.

Mentorlik o‘zaro hamkorlikdir. Siz mentorlik orqali yosh ijtimoiy tadbirkorlarga o‘z loyihalarini amalga oshirishda qiziqishlariga qarab yordam ko‘rsatasiz va ustozlik qilasiz. Ayni damda mentorlik o‘zingizning yetakchilik ko‘nikmalaringizni rivojlantirishga va bu sohada tajriba orttirishingizga yordam beradi. 

Ijtimoiy tadbirkorlik nima?

Kim mentor bo‘la oladi?

Siz kimga yordam berasiz?

Mentor bo‘lish uchun ijtimoiy tadbirkor yoki shu shohada o‘qigan bo‘lishim kerakmi?

Mentorlik qilishdan qanday foyda bor?

Mentorlik qancha vaqtimni oladi?

Arizani boshqa tillarda ham to‘ldirsa bo‘ladimi?

Mentor bo‘lish uchun quyidagi mentorlik arizasini to‘ldirib topshiring. Qo‘shimcha ma‘lumot olishni xohlasangiz, bizga [email protected] manzili orqali bog‘lanishingiz mum