Ijtimoiy Tadbirkorlik Maktabi 2016-yil 14-16-aprel kunlari “Yoshligimdan1kun” nomli onlayn foto aksiya o’tkazdi.
Aksiyadan maqsad yoshlikni tarannum qiluvchi fotolavhalarni baham ko’rish bilan yoshlarda ijodkorlik, faollik, yetakchilik, mardlik, go’zallik, uddaburonlik va shijoatkorlikni targ’ib qilish edi.
Aksiya ITM ishtirokchilari va muxlislari tomonidan juda yaxshi qabul qilinib, unda ko’plab ishtirokchilar faol qatnashdi. Aksiyada turfa mavzularda yoshlikni tarannum qilgan va ifodalagan rasmlar, hikoyalar, «selfie» va hatto videolar joylandi.
Va’da qilinganidek, aksiya davomida e’lon qilingan tanlov shartlariga ko’ra, quyidagi yo’nalishlar bo’yicha foto (video) tanlov g’oliblari aniqlandi:
Eng original rasmlar muallifi – Nafisa Omonning qizil tut rasmi, Fozilbek Yusupovning uch yigit va bir qiz rasmi va Sobit Saidovning kichkina qarindoshlar rasmi
Eng ijodiy rasmlar muallifi – Nafisa Omonning she’riy video lavhasi va Fozilbek Yusupovning talaba nonushtasi rasmi
Faollikni targ’ib qiluvchi rasmlar muallifi – Dilshoda Avvalbayevaning talabalar rasmi, Rahimjon Dadajonovning futboldagi rasmi va Temur Shukurovning “Yoshligimdan1kun” video lavhasi
Eng ko’p “like” yiqqan rasm(lar) muallifi – Gulruxsora Xudoyberdiyevaning oq tut rasmi.
Ijtimoiy Tadbirkorlik Maktabi tanlov g’oliblariga yaqin kunlarda bog’lanib, mukofotlarni taqdim qiladi.
Barcha aksiya ishtirokchilari va kuzatuvchilariga qo’shgan hissalari uchun katta minnatdorchiligimizni bildirgan holda yoshlikni tarannum qilishda faol, ijodkorona va shijoat bilan davom etishni targ’ib qilamiz.